Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Biznesni rivojlantirish banki” omonatlari: ishonchli va qulay

07.03.2025
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB zamonaviy xizmatlar koʻrsatish va yangi bank mahsulotlarini taqdim qilish orqali mijozlar ishonchini tobora qozonmoqda.

Bu bank erishayotgan barqaror moliyaviy koʻrsatkichlarda oʻz ifodasini topmoqda. Xususan, 2025-yil 1-mart holatiga mazkur bank omonatchilari soni 740 ming nafardan oshdi. Ushbu davrda jami 7 turdagi omonatlarga mijozlarning 2,4 trillion soʻmdan ortiq mablagʻlari jalb qilindi.

“Biznesni rivojlantirish banki”ning qulay shartlardagi va yuqori daromadli omonatlari - mablagʻlarni saqlash va koʻpaytirishning eng ishonchli usulidir.

Hozirda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan jami 7 turdagi jozibador omonatlar taklif etilmoqda. Eʼtiborlisi, 5 turdagi omonatlarni 25%gacha boʻlgan stavkalarda bankning “BRB” mobil ilovasi orqali onlayn rasmiylashtirish mumkin. Bu orqali bank oʻz mijozlariga omonatlarni masofadan kuzatish va boshqarish imkonini taqdim etgan.

Bank mijozlarning omonatlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq sir saqlanishini va ularning talablariga asosan qaytarilishini kafolatlaydi.

Maʼlumki, joriy yil 18-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi. Ushbu hujjat mijozlar mablagʻlari xavfsizligini kafolatlashning mustahkam huquqiy asosidir.

Qonunga koʻra, endilikda davlat kafolatlari nafaqat jismoniy shaxslarning omonatlarini, balki tadbirkorlarning, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlarning depozitlarini ham qamrab oladi.

Shuningdek, mazkur qonun bilan 200 million soʻmgacha boʻlgan omonatlarning kafolatli himoyasi ham belgilandi. Davlat kafolatlari endi har bir bankda ushbu miqdorgacha boʻlgan summaga tatbiq etiladi. Mazkur meʼyor Qonun kuchga kirgandan soʻng ochilgan yangi omonatlarga taalluqli boʻladi.

Ilgari joylashtirilgan barcha mablagʻlar, summasidan qatʼi nazar, toʻliq hajmda kafolatlanishda davom etadi.

Qonunga koʻra, kompensatsiya toʻlash muddati 20 kundan 7 ish kunigacha bosqichma-bosqich qisqartiriladi. Kompensatsiya qonun kuchga kirganda – 20 kun, 2026-yil 1-yanvardan – 15 kun, 2027-yil 1-yanvardan 7 kun ichida qaytariladi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB omonatlari bilan quyidagi havola orqali tanishing:

https://brb.uz/jismoniy-shaxslarga/omonatlar 

Biz uchun daromaddan ham koʻra ishonchingiz muhim!

 

 

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.