Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning rasmiy bayonoti

28.01.2026
3 min

Oʻzbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB “Yangi bank” AJ omonatchilariga kompensatsiya toʻlash boʻyicha agent-bank sifatida belgilandi.

2026-yil 29-yanvardan boshlab “Biznesni rivojlantirish banki” ATB “Yangi bank” AJ omonatchilariga kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshiradi.

Jismoniy shaxslar kompensatsiya toʻlovlarini “BRB mobil ilovasi” orqali onlayn tarzda bank kartalariga oʻtkazishi yoki agent-bankning jamgʻarma omonatiga joylashtirishlari mumkin.

Omonatchilar bank kartasidagi mablagʻlarini, agent-bankning hududlardagi istalgan bank ofislaridan naqd pul shaklida olishlari mumkin:

Bunda jismoniy shaxslar kompensatsiya mablagʻlari bank kartasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan bank ofisiga tashrif buyurishlari lozim.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) va yuridik shaxslarga kompensatsiya toʻlovlari “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning hududlardagi bank ofislariga tashrif buyurish orqali mazkur bankning oʻzida hisob raqam ochish yoki boshqa bankdagi hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

YATT uchun –

- YATT egasining pasporti yoki ID kartasi;

- davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma;

- boshqa bankdagi hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

- tashkilot muhri (agar mavjud boʻlsa).

Yuridik shaxslar uchun:

- korxona rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID  karta);

- korxona rahbarining buyrugʻi/ishonchnomasi;

- davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma;

- imzo naʼmunalari (agar mavjud boʻlsa);

- taʼsis hujjatlari (taʼsis shartnomasi, ustav);

- boshqa bankdagi hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

- tashkilot muhri.

Eslatma: Zarurat yuzaga kelganda agent-bank tomonidan qonunchilikka muvofiq, qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin.

Shuni alohida taʼkidlaymizki, kompensatsiya toʻlovlarini olish uchun omonatchilardan hech qanday qoʻshimcha toʻlov talab etilmaydi.

Qonunchilikka muvofiq, omonatchilar agent-bank tomonidan kompensatsiya toʻlanishi asossiz kechiktirilganligi faktlari toʻgʻrisida Omonatlarni kafolatlash agentligiga xabar berishlari mumkin.

Yana bir muhim eslatma: Hurmatli omonatchilar, firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmaslik uchun mablagʻlaringizni qaytarish jarayonini “tezlashtirib berish”ni vaʼda qilayotgan shaxslarga ishonmang. Barcha masalalar boʻyicha faqat “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Omonatlarni kafolatlash agentligining rasmiy aloqa kanallari orqali bogʻlaning.

Murojaat uchun telefonlar:

Omonatlarni kafolatlash agentligi – 55-550-05-00;

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB – 1254.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.