Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Korporativ boshqaruvni takomillashtirish yo‘lida muhim qadam

28.01.2026
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki”da Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ekspertlari ishtirokida “Korporativ boshqaruv” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbir bankda korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, boshqaruv jarayonlarida samaradorlikni oshirish, shuningdek, rahbar va mas’ul xodimlarning ushbu yo‘nalishdagi bilim va professional malakalarini yanada mustahkamlashga qaratildi.

Seminar davomida Osiyo taraqqiyot bankining yetakchi ekspertlari tomonidan korporativ boshqaruvning zamonaviy modellari, xalqaro ilg‘or tajribalar, strategik rejalashtirish, risklarni boshqarish, ichki nazorat va shaffoflikni ta’minlash masalalari atroflicha yoritib berildi. Shuningdek, samarali qarorlar qabul qilish mexanizmlari, mas’uliyat va hisobdorlikni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan ekspertlar bilan ochiq muloqot olib borish, real amaliy holatlar asosida fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa bank boshqaruv tizimida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur seminar “Biznesni rivojlantirish banki” faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini mustahkamlash yo‘lidagi izchil islohotlarning navbatdagi muhim bosqichi hisoblanadi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.