Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Yangi bank omonatchilariga kompensatsiya to‘lash bo’yicha agent-bank belgilandi

27.01.2026
2 min

Hurmatli omonatchilar!

Yangi bank omonatchilariga kompensatsiya to‘lash bo’yicha agent-bank sifatida Biznesni rivojlantirish banki belgilandi.

Kompensatsiya to’lovlari omonatchilar reyestri asosida o‘rnatilgan tartibda identifikatsiyadan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Kompensatsiya to‘lovlarini olish uchun Sizdan hech qanday qo‘shimcha to‘lovlar talab etilmaydi.

Kompensatsiya to‘lovlarini:

🟣Jismoniy shaxs bo‘lgan omonatchilar "BRB" mobil ilovasi yordamida onlayn tarzda boshqa bank kartasiga o’tkazish hamda BRB’ning bank xizmatlari markazlariga murojaat qilgan holda naqd pul shaklida olishi mumkin;

🟣Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga BRB’ning istalgan bank xizmatlari markazlariga murojaat qilgan holda, ushbu bankda hisobvaraq ochish orqali yoki boshqa bankdagi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Shuningdek, omonatchilar o‘z xohishiga ko‘ra mablag‘larini BRB'ning omonat mahsulotlariga ham joylashtirishlari mumkin. 

🗓️Kompensatsiya to‘lovlarini boshlash sanasi haqidagi xabar rasmiy sahifalar orqali qo‘shimcha e’lon qilinadi (taxminiy sana 2026-yil 28-yanvar).

‼️Ayni vaqtda barcha jarayonlar qonunchilik talablariga muvofiq, reja asosida va belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda.

☎️Murojaat uchun telefonlar:

Omonatlarni kafolatlash agentligi: 555-500-500
Biznesni rivojlantirish banki: 1254

📄Rasmiy bayonot bilan Omonatlarni kafolatlash agentligining veb-sayti orqali tanishing! 

🟣Qo‘llanma – Yangi bank omonatchilariga kompensatsiya to‘lash tartibi

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.