Mamlakat kelajagiga befarq bo‘lmang!
Ayni kunlarda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yildagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasida bo‘lib turibdi.
Loyiha Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturini qamrab oladi.
Hujjatda asosiy islohotlarning maqsadli ko‘rsatkichlari, amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar hamda ijro nazorati mexanizmlari belgilangan.
Loyiha uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz platformalarida 2026-yil 23-yanvar – 1-fevral kunlari jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi va aholi va ekspertlarning takliflari asosida takomillashtiriladi.
Jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok etib, takliflaringizni uzbekistan2030.uz platformasi orqali bildiring!
Barcha yangiliklar
Hududlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlari faol davom etmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.