“Biznesni rivojlantirish banki” ATB ACCA xalqaro assotsiatsiyasi akkreditatsiyasiga ega bo’ldi
2025-yil 10-yanvar kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB vakillari hamda ACCA (Association of chartered certified accountants) Markaziy Osiyo, Armaniston va Mo‘g‘uliston tashkiloti vakili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga “АССА Approved Employer” sertifikatini topshirish marosimi doirasida tashkil etildi.
Ish beruvchilarni akkreditatsiya qilish dasturi ACCA Bank talabalari va aʼzolari uchun qoʻllaniladigan xodimlarni tayyorlash va malaka oshirishning yuqori standartlari boʻyicha ACCA talablariga muvofiqligi rasman tan olingan.
Ma’lumot o‘rnida, akkreditatsiyadan o‘tgan ish beruvchi bo‘lishning afzalliklari quyidagilardan iborat: tashkilotning ish beruvchi sifatidagi obro‘sini oshirish, uning brendini rivojlantirishga ko‘maklashish, tashkilotga iqtidorli xodimlarni jalb qilish va talabalar yoki ACCA a’zosi bo‘lgan xodimlarga qo‘shimcha imtiyozlar beradigan maxsus ACCA vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
Eslatib o’tamiz, 2024-yil noyabr oyida Toshkent shahrida ACCA tashkilotining yangi a’zolarini taqdirlash va tashkilotning 120 yilligiga bag‘ishlangan tadbir doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti direktori o‘rinbosari Sarvar Safarov ACCAning barcha (13ta) imtixonlarini ingliz tilida muvaffaqiyatli topshirib, tashkilot a’zoligiga qabul qilingan edi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.