“Biznesni rivojlantirish banki” 7 trillion 300 milliard soʻm kredit ajratdi
Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida oʻtkazilgan brifingda bank Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov maʼlum qildi.
Respublikaning 14 ta hududida bank tomonidan tashkil qilingan “Kichik biznesga koʻmaklashish hududiy markazlari”da 56 mingdan ortiq tadbirkor oʻqitildi.
Tadbirkorlarga yaratilgan qulay va jozibador 10 turdagi moliyaviy instrumentlar orqali bugungi kunga qadar “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturida ishtirok etgan 49 077 nafar tadbirkorga 4 trln. 800 mlrd. soʻmlik, shu jumladan, Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 17 673 nafar tadbirkorga 1 trln. 735 mlrd. soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi.
“Biznesni rivojlantirish banki”ga respublika boʻyicha biriktirilgan 649 ta mahallalarda jami 1 trln. 500 mlrd. soʻm kredit ajratilib, 473 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shundan 70 ming nafari doimiy ishga joylashtirildi va 403 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.
Xususan, “Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonbay ishlash tizimi orqali har bir mahalladagi xonadonlarga jami 3 992 ta moliyaviy paketlar, shu jumladan, 21 ming 800 ta mikroloyihalar amalga oshirilib, 672 mlrd. soʻm kredit ajratildi. Natijada 40 102 nafar aholi bandligi taʼminlandi.
“Uychi tajribasi” asosida 608 ta uchrashuvlar oʻtkazilib, 6 900ta murojaatlar koʻrib chiqildi va hal qilindi. Buning natijasida 12 600 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 18 866 nafar ayollarga 919 mlrd. 800 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratildi. Bankka biriktirilgan mahallalarda 1 868 nafar ayol tadbirkorlarga 122 mlrd 900 mln. soʻm miqdorida bank krediti yoʻnaltirildi. Buning samarasi oʻlaroq, 3 862 ta yangi ish oʻrinlari vujudga keldi.
Umuman olganda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan shu kunga qadar 7 trln. 300 mlrd. soʻm kredit ajratildi.
Bank tomonidan tadbirkorlarni oʻqitish jarayoniga “Yaponiya tajribasi”ni tatbiq etilmoqda. Bu yoʻnalishda Yamagata universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolangan. Oʻzaro kelishuv doirasida yaponiyalik professorlar bilan hamkorlikda 10 ming nafar tadbirkor “Biznes portal” elektron platformasi orqali oʻqitildi.
Koʻrsatilgan moliyaviy koʻmaklar natijasida oʻzini-oʻzi band qilgan 18 284 nafar jismoniy shaxslardan 12 794 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi va 5 490 nafari yuridik korxona maqomini oldi.
Dasturda ishtirok etgan 16 867 ta yakka tartibdagi tadbirkorlardan 1 100 nafari masʼuliyati cheklangan jamiyat sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.