Bankning rivojlanish strategiyasi ijrosi toʻgʻrisida axborot berildi
Bu haqda 2025-yil 23-iuyn kuni Biznesni rivojlantirish banki Axborot xizmati rahbari Sh.Oripov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda bankning 2024-2026-yillarga moʻljallangan rivojlanish strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishishdagi shu va boshqa natijalar haqida ma’lumot berildi.
Bugungi kunda “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun 40 ta tashabbus va 107 ta tizimli yondashuvga ega vazifalar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Bankni rivojlantirish Strategiyasining mazmun-mohiyati, maqsadini har bir xodimga yetkazish boʻyicha hamda Agile, PMBoK va Change management yoʻnalishlarida oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
TOP rahbar xodimlar Transformatsiya jarayonlarini boshqarish, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish mavzusida Yaponiyaning Yamagata universitetida Kaydzen va Lean menejment asoslari mavzusida oʻqitildi.
“Kichik biznesga kompleks xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tanlovda birinchi bank boʻlish” strategik maqsadiga erishish uchun AGILE metodi asosida chakana hamda mikro, kichik va oʻrta biznes segmenti mijozlari tajribasini yaxshilash va biznes jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi mahsulotlarni qisqa vaqt ichida taqdim etish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Yuridik shaxslar istalgan vaqtda masofadan turib hisobni boshqarish va operatsiyalar uchun BRB Business 24/7 platformasi yaratildi.
Anderrayting, skoring tizimlari hamda onlayn kreditlash yoʻlga qoʻyildi. BRB mobil ilovasi orqali mikroqarz, avtokredit, taʼlim hamda “Ish haqigacha” onlayn kreditlar joriy qilindi.
Yangi xalqaro pul oʻtkazmasi (Astrasend) tizimi ishga tushirildi.
CRM tizimi orqali mikroqarz mahsulotini mijoz bankka bir marotaba kelishi bilan ajratish imkoniyati yaratildi va qaror qabul qilishda anderrayter ishtiroki qisqartirildi.
Bank kartalari uchun dizaynni sunʼiy intellekt asosida tanlash, buyurtma berish va yetkazib berish kabi mahsulotlar va xizmatlar joriy etildi.
Korporativ kartalarni toʻldirish jarayoni toʻliq avtomatlashtirildi va natijada mijozlar bir necha soniya ichida pul oʻtkazishlari mumkin.
Yuridik shaxslar uchun kredit konveer tizimi ishga tushirildi.
Shuningdek, bank strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish uchun 33 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 11 ta loyiha toʻliq ishga tushirildi.
1) “Komplaens nazorat” tizimi avtomatlashtirildi. Natijada kunlik oʻrganishlar vaqtini tejash, kamchiliklar bo‘yicha keng miqyosda tahlil oʻtkazish, ularni tizimli hal qilish imkoniyati yaratildi.
2) “Session antifraud” joriy qilinishi natijasida mijozlarning 24,5 mlrd soʻm mablagʻlari tahdidlardan himoya qilindi.
3) Process Mining raqamli platformasi ishga tushirildi. Buning natijasida biznes jarayonlarni tahlil qilish va optimallashtirish boʻyicha amaliy yechimlar ishlab chiqish tizimi ishga tushirildi.
4) Bankning “BRB-TECH” IT markazi tashkil etildi. Markaz tomonidan 9 ta yangi IT loyihasi amalga oshirildi.
5) Loyihalarni boshqarishda Kanban tizimi yoʻlga qoʻyildi. Bu tizim yordamida loyihalarni boshqarish jarayonining samaradorligi oshdi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB kelgusida ham maqsadlariga erishish uchun inson kapitali va texnologiyalarga investitsiya qilish hamda raqamli kanallarni rivojlantirish orqali mijozlarga yangi qiymat yaratish hamda noyob mahsulotlarni taklif qilish ishlari jadallashtiriladi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Milliy libos chellenjini jizzaxlik hamkasblarimiz davom ettirdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.