Bankning ISO 37001:2016 sertifikati muddati uzaytirildi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standartiga to‘liq muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi. Bank ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati talabi bo‘yicha tashqi auditning navbatdagi tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi va sertifikat muddati bir yilga uzaytirildi.
Ushbu muvaffaqiyat “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borishga, barcha biznes jarayonlarida shaffoflik, halollik va adolat tamoyillarini ta'minlashga bo‘lgan qat’iy intilishining yaqqol dalilidir.
ISO 37001:2016 sertifikati “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi eng ilg‘or amaliyotlarga sodiqligini va doimiy takomillashuvga intilishini ko‘rsatadi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati talablariga muvofiq o‘z mijozlari, hamkorlari va xodimlari oldidagi mas’uliyatini chuqur anglagan holda, barqaror rivojlanish va ishonchni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettiradi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.