Bank xodimlari iqtisodiy forumda ishtirok etdi
Markaziy bank KPMG kompaniyasi hamkorligida tijorat banklari jumladan, “Biznesni rivojlantirish banki” vakillari ishtirokida ma’lumotlarni boshqarish va ma’lumotlarni taqdim etishning yangi modeliga o‘tish masalalariga bag‘ishlangan forum o‘tkazildi.
Rivojlanib borayotgan moliyaviy mahsulotlar va ma’lumotlar hajmining o‘sib borishi moliya bozori ishtirokchilaridan ma’lumotlarni boshqarishga doir yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish va axborot tizimlarini takomillashtirishni talab etmoqda.
Forum davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari moliya sektori oldida turgan asosiy vazifalarni, ya’ni:
ma’lumotlarni yig‘ish jarayonining shaffofligini oshirish;
nazorat osti tashkilotlarda hisobot yukini kamaytirish;
taqdim etilayotgan ma’lumotlarning sifati va ishonchliligini oshirish zarurligini ta’kidladilar.
Tadbir doirasidagi panel sessiyada “Biznesni rivojlantirish banki”, “O‘zsanoatqurilishbank”, Xalq banki va “Ipak yo‘li bank” vakillari ishtirokida ma’lumotlarni boshqarish bo‘yicha yangi yondashuvlarni yo‘lga qo‘yishda banklar duch kelayotgan dolzarb muammolar va ularning yechimlari ochiq muhokama qilindi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan nazorat osti tashkilotlari bilan ma’lumotlarni taqdim etishning yangi modeliga o‘tish masalalarini tahlil qilish va qo‘shimcha tushuntirishlar berish maqsadida muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazilib borilishi ta’kidlandi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.