Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bank bosh ofisida muhim mavzuda seminar tashkil etildi

25.07.2024
3 min

“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirishning kompleks chora-tadbirlari” mavzusiga bag‘ishlangan seminarda bank Boshqaruvi a’zolari, tarkibiy tuzilma rahbar va  mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma, BXO va BXM rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari o‘zlarining tahliliy taqdimotlari bilan qatnashdi. Tadbirda dastlab korrupsiyaviy xavf-xatarlar, ularni keltirib chiqarayotgan omillar va ularning oqibatlari, xavf-xatarlarning oldini olishga va tizim samaradorligini oshirishga qaratilgan choralar masalasi atroflicha muhokama qilindi. Mazkur mavzu yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi S.Mamanov taqdimot qildi.

Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi asosiy omillar – iqtisodiy holat, salbiy ijtimoiy-madaniy muhit, institutsional tuzilmalar, huquqiy bo‘shliqlarga to‘xtalib o‘tildi. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, sohalarda korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda javobgarlikning muqarrarligi prinsipini amalda ta’minlash tizimli choralardan ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, asosiy o‘zgarishlar va qonun ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha qonunchilik norma va talablari bilan atroflicha tanishtirilib, ochiq va qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, bankda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati, korrupsiyaviy hatarlarni doimiy ravishda baholash va kamaytirib borish tizimini kompleks ravishda amalga oshirish choralarini ko‘rish masalalari muhokama qilinib, zarur tavsiyalar tinglandi. 

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.