Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha uchrashuv
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan We-Fi Code tashabbusini joriy etish boʻyicha ishchi guruh uchrashuvi oʻtkazildi. Tadbirda tijorat banklari, mikromoliyaviy tashkilotlar va Mikromoliyaviy institutlar milliy assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tashabbusning asosiy yoʻnalishlari va ishlash mexanizmi, ishtirokchilarning oʻrni va vazifalari, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD), Osiyo taraqqiyot banki (ADB) va Ayollar uchun moliyaviy ommaboplik alyansi (Financial Alliance for Women) xalqaro hamkorlarining tashabbusdagi ishtiroki muhokama qilindi.
Ayollar tadbirkorligi boʻyicha McKinsey konsalting kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalari va mamlakatdagi ayollar tadbirkorligining hozirgi holati koʻrib chiqildi. Ishtirokchilar ayollar tadbirkorligi boʻyicha muhim maʼlumotlar va statistik koʻrsatkichlarga tez va ochiq kirishni taʼminlaydigan onlayn platforma (Dashboard) ishlab chiqish masalalarini, shuningdek, uni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ishlar muhokama qildilar.
Uchrashuv natijalariga koʻra, We-Fi Code tashabbusini joriy etish maqsadida muvofiqlashtiruvchi guruh tashkil etish toʻgʻrisida kelishildi.
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.