Axborot xizmati bayonoti
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Andijon viloyati hududiy boshqarmasining masʼul xodimlari faoliyatidan shikoyat qilingan boʻlib, bir qator noqonuniy xatti-harakatlar amalga oshirilgani taʼkidlangan va holatni bankning markaziy boshqaruvi tomonidan oʻrganish soʻralgan.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan ushbu holatlar yuzasidan har bir mijoz bilan uchrashilgan holatda o‘rganishlar o‘tkazildi. Mijozlar tomonidan kredit mablag‘lari ajratilishida bank xodimlari tomonidan tamagirlik holatlari bo‘lmaganligi, kredit mablag‘lari o‘zlari tomonidan olinib, kelgusida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilishi maʼlum qilindi. Shuningdek, mijozlarga kelgusida kredit mablag‘laridan maqsadli ishlatilishi zarurligi, bu bo‘yicha doimiy monitoring o‘tkazib borilishi tushuntirildi.
Barcha yangiliklar
“Milliy libos – millat iftixori” chellenji poytaxtda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.