Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Axborot tizimlarini xalqaro standartlarga moslashtirish muhokama qilindi

21.05.2025
2 min

Joriy yilning 21-may kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda Latviyaning “Confero Technologies” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Komplayens-nazorat departamenti direktori J.Yusupov “Confero Technologies” kompaniyasi rahbari Roland Sitayev bilan bank axborot tizimlarini xalqaro standartlar doirasida avtomatlashtirish, ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirishning navbatdagi bosqichlarini muhokama qildi.

Shuningdek, uchrashuvda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “KYC/AML/CFT/SS” axborot tizimlarini xalqaro standartlar doirasida avtomatlashtirish, ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.

Ta'kidlash joizki, Biznesni rivojlantirish bankida har bir jarayon ustidan avtomatlashtirilgan monitoring va nazorat tizimini yo`lga qo`yish, shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda inson omilini kamaytirish va raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga oid bir qarot tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.