8-mart munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
Xalqimiz azaldan go‘zallik timsoli bo‘lgan mutabar onalarimiz bilan dilbar qizlarga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelgan. Shu bois “Biznesni rivojlantirish banki”da mehribonlik, nafislik va go‘zallik bayrami sifatida nishonlanadigan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbir bo‘lib o‘tdi.
Shu kuni erta tongdan bakimizning mard va jasur yigitlari o‘z hamkasabalariga ko‘tarinki kayfiyat ulashib ularni gullar bilan kutib oldi.
Bosh bank binosida tashkil etilgan bayram tadbirida, bank rahbariyati vakillari, departament direktorlari va boshqarma boshliqlari soha malikalari uchun ayollarni madh etuvchi go‘zal she'rlar o‘qishdi, ularga ezgu niyat va shirin tilaklar tiladi.
Xususan, bank-moliya sohasida barcha bilan bir safda yurtimiz iqtisodiy taraqqiyoti, aholi farovonligini taʼminlash, tadbirkorlikka ko‘maklashish va aholini binesga jalb etish borasida munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi.
Shunungdek, tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga sana munosabati bilan bank rahbariyatining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan el sevgan san’atkorlarning shirin tilaklari va ular tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-qo‘shiqlar barchaga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.
Go‘zallik va nafosat timsoli bo‘lgan ayollarimizni yana bir bor ushbu ayyom bilan muborakbod etamiz! Har doim e’zoz va e’tiborda bo‘ling, aziz ayollar!
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.