Biznes uchun lizing
Texnika yoki uskunalarni sotib olish uchun 1.5 mlrd. so'mgacha


Kredit stavkasi
Asosiy stavkasi MB O'zR+4%

Kredit miqdori
1,5 milliard so’mgacha

Kredit muddati
84 oygacha
Lizing shartlari haqida batafsil
Asosiy ma'lumotlar
Valyuta — so‘m.
Lizing maqsadi — asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun.
Yillik foiz stavkasi — 17,5% (O'zR MB stavkasi +4%).
Kredit muddati — 84 oygacha.
Imtiyozli davr — 24 oygacha.
Kreditni miqdori — 1,5 milliard so’mgacha.
Lizing ta’minoti — moliyalashtiruvchi tijorat bankining ichki kredit siyosati talablariga muvofiq.
Barcha tijorat banklari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish mijozlarining asosiy yoki ikkilamchi hisob raqamlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ishtirokchilar
Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo’lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari:
24 oydan ortiq faoliyat ko’rsatayotgan;
oxirgi 12 oyda aylanma mablag’lari miqdori 1 mlrd. so’mdan 10 mlrd. so’mgacha bo’lgan;
kamida o’n nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan.
Kerakli hujjatlar
Ariza;
Markazning o‘quv sertifikati;
Biznes-reja;
Oldi-sotdi shartnomasi;
Ta'minot xujjatlari.
Shuningdek, bankning kredit siyosatiga muvofiq boshqa xujjatlar ham talab etilishi mimkin.
Maslahat kerakmi?
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.