Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

"Agrostar-1" krediti

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashabbuslar uchun moliyaviy tayanch

Yillik foiz stavkasi

MB stavkasi + 4%

Kredit muddati

18 dan 84 oygacha

Kredit miqdori

10,0 mln.so‘mdan-15,0 mlrd.so‘mgacha

Qanday maqsadlarda ishlatish mumkin?

Quyidagi holatlarda siz bu kreditni olish orqali loyihangizni boshlashingiz yoki kengaytirishingiz mumkin:

  • Ishlab chiqarish va texnika uchun

  • Ekish, parvarishlash, yetishtirish uchun

  • Saqlash va qayta ishlash uchun

  • Aylanma mablag‘lar va savdo uchun

Qanday qilib olish mumkin

Bankning oʻzingizga yaqin ofisini tanlang va hujjatlarni taqdim eting

Tanlang

Ijobiy qarordan keying kredit shartnomasini imzolang

Kredit mablag'laridan foydalaning va maqsadingizga erishing

Asosiy shartlar

Kredit miqdori: 10 mln so‘mdan 15 mlrd so‘mgacha

Valyuta: Milliy valyuta – so‘m

Foiz stavkasi:

  • Loyihani amalga oshirish uchun - Markaziy bankni asosiy stavkasi + 4%;

  • Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun – Markaziy bankning asosiy stavkasi.

Kredit maqsadi

Kredit muddati

Kredit imtiyozli davri

Biogomus ishlab chiqarish, agroturizm loyihalari, suv chiqarish uchun tejamkor nasos agregatlari xarid qilish, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida quyosh panellarini o‘rnatish, artezian quduqlarini qazish, yomg‘irlatib sug‘orish tizimini o‘rnatish va dala do‘konlarini qurish uchun.

48 oy

12 oy

Bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va transporti hamda asbob-uskunalarini xarid qilish, ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar (jumladan, yozgi to‘rli issiqxonalar) qurish, ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish, agrologistika markazlarini tashkil etish, “in-vitro” va boshqa laboratoriyalar, sovitish omborxonalarini tashkil etish uchun.

84 oy

36 oy

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilish va o‘rnatishga

84 oy

36 oy

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish, xalqaro sertifikatlar olish, “o‘simliklar klinikasi” faoliyati hamda qishloq xo‘jaligining boshqa yo‘nalishlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun

84 oy

36 oy

To‘lov usuli: Annuitet yoki differensial

Ajratish usuli:

  • Yetkazib beruvchining hisobiga

  • 65 mln so‘mgacha bo‘lsa — mijozning hisobiga

Moliyalashtirish manbasi: Fermerlar kengashi huzuridagi jamg‘arma

Ta’minot: Kredit summasining kamida 125%i miqdorida kafillik yoki garov

Mijozga qo'yiladigan talablar

  • Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish. Mijozda hozirda va so‘nggi 12 oy ichida 90 kundan ortiq kechiktirilgan kredit to‘lovlari mavjud bo‘lmasligi kerak. KATM (Kredit Axborot Tahlil Markazi) hisobotida: “Qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifasiga kiruvchi faol kreditlar bo‘lmasligi.         

  • Sudga o‘tkazilgan yoki balansdan tashqari qarzlar mavjud bo‘lmasligi

  • Moliyaviy barqarorlik. So‘nggi yillik yoki choraklik moliyaviy hisobot natijalari foyda bilan yakunlangan bo‘lishi lozim. Mijozning aylanma mablag‘lari musbat ko‘rsatkichga ega bo‘lishi zarur. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi kerak. MIB (Majburiy Ijro Byurosi) tomonidan ochilgan ijro ishi mavjud bo‘lmasligi

  • Yuridik shaxs sifatida faoliyat muddati va hisob raqamlardagi harakatlar. Agar kredit miqdori 300 million so‘mgacha: Yuqoridagi umumiy talablarga rioya qilingan taqdirda, mijoz yangi tashkil etilgan bo‘lsa ham kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar kredit miqdori 300 million so‘mdan yuqori: Tashkil topganiga kamida 6 oy bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lishi. Hisobvaraqlarda muntazam pul aylanmasi mavjud bo‘lishi. Kredit yuklamasi 100% dan oshmasligi (yoki yetarli ta’minot yoki kafillik taqdim etilishi).

  • Kafillik talab qilinganda (agar kredit yuklamasi yuqori bo‘lsa). Kafil yuridik shaxs kamida 12 oylik faoliyatga ega bo‘lishi kerak. Kafillik summasi — kredit summasining kamida 125% miqdorida bo‘lishi. Kafil korxonaning ham ijobiy moliyaviy natijalari va toza kredit tarixi bo‘lishi lozim

Kerakli hujjatlar

  1. Kredit olish uchun ariza

  2. Biznes-reja yoki TIA (65 mln so‘mgacha bo‘lsa talab qilinmaydi)

  3. Pul oqimi tahlili (65 mln so‘mgacha bo‘lsa talab qilinmaydi)

  4. Fermerlar kengashi ma’lumotnomasi

  5. Ta’sischilar roziligi (xususiy korxonalardan tashqari)

  6. Moliyaviy hisobotlar (1- va 2-son shakllar, oxirgi davr)

  7. Shartnomalar – kredit evaziga olinadigan tovarlar uchun

  8. Ta’minot hujjatlari (garov yoki kafillik bo‘yicha)

Maslahat kerakmi?

Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.

Ma'lumotlar muvaffaqiyatli yuborildi, siz bilan tez orada bog'lanamiz.
Xatolik yuz berdi, uzr soʻraymiz, keyinroq qayta urinib koʻring.
Shaklni to‘ldirish bilan ma'lumot uzatish shartlariga rozilik beraman. Bank va uning hamkorlari taqdim etadigan mahsulot va xizmatlar haqida ma'lumot olishga tayyorman.

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.