“Ipoteka-ikkilamchi” ipoteka krediti
Birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida uy-joy/xonadon sotib olish uchun 1,8 mlrd. gacha


Foiz stavkasi
24,5% dan boshlab

Boshlang'ich to'lov
20% dan boshlab

Kredit muddati
15 yilgacha
Qanday qulayliklar mavjud?
✅ Kredit mablag‘i sotuvchining bank kartasi yoki omonat/depozit hisob raqamiga o‘tkaziladi – to‘lov jarayoni tez va xavfsiz amalga oshiriladi.
✅ O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga kredit olish imkoniyati – rasmiy ish joyiga ega bo‘lmagan, lekin kredit to‘lovlarini to‘lash imkoniga ega bo‘lgan fuqarolar ham kredit olishlari mumkin.

Asosiy ma'lumotlar
Kreditning maqsadi — birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida uy-joy/xonadon sotib olish uchun.
Kredit valyutasi — so'm.
Kredit muddati — 3 yildan 15 yilgacha, biroq kredit muddatida qarz oluvchining yoshi 75dan oshib ketmasligi lozim (ya’ni 72 yoshli fuqaroga 3 yil muddatga kredit airatish mumkin).
Foiz stavkasi:
Kredit muddati | 10 yilgacha bo`lgan muddatga (o'ninchi yil ham kiradi) bo'lsa | 15 yilgacha bo`lgan muddatga (o'n beshinchi yil ham kiradi) bo'lsa | ||
Ish haqi loyihasi doirasida | Standart | Ish haqi loyihasi doirasida | Standart | |
Kredit foiz stavkasi | 24,5% | 25,0% | 25,0% | 26,0% |
Dastlabki to'lov — 20%dan kam bo‘lmagan miqdorda.
Maksimal miqdori:
Toshkent shahrida
Yakka tartibda qurilgan uy-joy sotib olish uchun - xonadon qiymatining 80% gacha, biroq BHMning 5000 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda (2 060 000 000).
Ko‘p qavatli uydagi xonadonni sotib olish uchun - xonadon qiymatining 80%gacha, biroq BHMning 3500 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda (1 442 000 000).
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda:
Yakka tartibda qurilgan uy-joy sotib olish uchun - xonadon qiymatining 80%gacha, biroq BHMning 2500 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda (1 030 000 000)
ko‘p qavatli uydagi xonadonni sotib olish uchun - xonadon qiymatining 80%gacha, biroq BHMning 2000 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda(824 000 000)
Kreditni qaytarish usuli — annuitet (teng vaqt oralig'ida teng miqdorda) yoki differentsial (hajmi har safar kamayadigan miqdor).
Imtiyozli davr — 1 yilgacha.
Ish haqi loyihasi yoki BRBda plastik karta, mobil ilova va omonat hisob raqamiga ega bo’lgan mijozlar uchun 2 yil.
Kredit ajratish usuli — sotuvchini bank plastik kartasi yoki bankdagi depozit hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan.
Kredit ta’minoti — kredit hisobiga sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-ioy/xonadon.
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 72 yoshdan oshmagan (72 yosh ham kiradi) bo‘lishi;
doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxslar;
ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kredit (mikroqarz)lar bo‘yicha 30 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan shaxslar.
Kerakli hujjatlar
fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnoma;
rasmiy manbalardan mustaqil ravishda ma’lumot olish imkoni bo‘lmagan hollarda, qarz oluvchi tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
sotib olinadigan uy-joyga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat reyestridan ko‘chirma nusxasi;
mustaqil baholovchi tashkilotning uy-joy qiymatini baholash hisoboti;
uy-joy buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Maslahat kerakmi?
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.