Bank qurayotgan
uylarga ipoteka
Chimyon MFY, Qo‘qon va Namangandagi bank uylariga qulay ipoteka
Foiz stavkasi
14%-19%
Kredit miqdori
2,06 mlrd so'mgacha
Boshlang'ich to'lov
15%-20%
Ipoteka muddati
15 yilgacha
Maqsadi | Bank tomonidan Chimyon MFY hududida qurilgan apart-otellarni sotib olish uchun |
Valyutasi | Milliy valyuta — so‘mda |
Kredit muddati | 15 yilgacha |
Kreditning eng ko‘p miqdori | 2,06 mlrd so'mgacha |
Boshlang‘ich badal | Uy-joy qiymatining kamida 20% |
Imtiyozli davr | 6 oygacha |
Kredit foiz stavkasi |
|
Foiz stavkasini pasaytirish sharti | Boshlang‘ich badal 35%dan ortiq bo‘lsa 1% bandga, 50%dan ortiq bo‘lsa 2% bandga pasaytiriladi |
Kreditni qaytarish usuli | Annuitet yoki differensial |
Kredit ta’minoti | Kredit hisobiga sotib olinadigan uy-joy |
Birgalikda qarz oluvchi uchun hujjatlar | Ko'zda tutilgan |
Kredit ajratish shakli | Mablag‘lar qurilish-pudrat tashkiloti/buyurtmachining yoki “Elektron-onlayn savdolarni tashkil qilish markazi” DUKning depozit hisobvarag‘iga naqd pulsiz shaklda o‘tkaziladi |
Maqsadi | Bank tomonidan Namangan, Qo’qon shaharlarida qurilgan ko’p qavatli uy-joylarni sotib olish uchun |
Valyutasi | Milliy valyuta — so‘mda |
Kredit muddati | 20 yilgacha (Bir kvartira uchun 2 ta ipoteka krediti ajratilgan hollarda ikkinchi kredit uchun 15 yilgacha) |
Kredit miqdori | 380 mln so‘mgacha (Bir kvartira uchun 2 ta ipoteka krediti ajratilgan hollarda ikkinchi kreditning eng ko‘p miqdori –BHMning 2500 baravaridan oshmagan miqdorda) |
Boshlang‘ich badal | Uy-joy qiymatining kamida 15% |
Imtiyozli davr | 6 oygacha |
Kredit foiz stavkasi | 16 % dan boshlab (ikkinchi kredit uchun- 19%) |
Kreditni qaytarish usuli | Annuitet yoki differensial |
Kredit ta’minoti | Kredit hisobiga sotib olinadigan uy-joy |
Kredit ajratish shakli | Mablag‘lar qurilish-pudrat tashkiloti/buyurtmachining yoki “Elektron-onlayn savdolarni tashkil qilish markazi” DUKning depozit hisobvarag‘iga naqd pulsiz shaklda o‘tkaziladi |
T/r | Namangan va Qo'qon shaharlari uchun | Toshkent viloyati Chimyon MFY uchun |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi | O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Ko‘p qavatli uydan xonadon sotib olganda O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va xorijiy davlat fuqarolari ham qarz oluvchi bo‘lishi mumkin | |
Murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak | Murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 72 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak | |
Dastur doirasidagi ipoteka kreditlaridan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi kerak. 2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi | ||
Kredit to'lovlarini to'lash uchun doimiy daromadga ega bo'lishi | ||
1. | Fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi |
2. | Boshlang‘ich badal mablag‘lari shakllantirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi |
3. | Agar boshlang‘ich badal avval pudrat tashkilotiga o‘tkazilgan bo‘lsa, mablag‘ o‘tkazilganligini tasdiqlovchi bank hujjati |
4. | Rasmiy manbalardan avtomatik ma’lumot olish imkoni bo‘lmagan hollarda daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki my.gov.uz orqali olingan ma’lumotlar |
5. | Qurilish-pudrat tashkiloti yoki buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi |
6. | Uy-joy auksion savdolari orqali xarid qilinganda — auksion savdolariga oid hujjatlar |
7. | Kredit ta’minotiga oid hujjatlar |
8. | O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma va ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat |
9. | Sotib olinadigan uy-joyga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki Davlat reyestridan ko‘chirma nusxasi yoxud uy-joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi boshqa hujjat |
Ipoteka uchun ariza
Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!
Rahmat! Arizangiz qabul qilindi.
Mutaxassisimiz tez orada siz bilan bog'lanadi.