Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

29.10.2026
•
2 min

Yoshlari kuni hamda Raqamli suverenitet va milliy kiberxavfsizlik kuni munosabati bilan Biznesni rivojlantirish banki hamda Yakkabog‘ tumani hokimligi hamkorligida yosh tadbirkorlar va faol yoshlar ishtirokida seminar-trening hamda ochiq muloqot tashkil etildi.

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda raqamli iqtisodiyot va kiberxavfsizlik masalalari har bir tadbirkor faoliyatida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, ushbu uchrashuv yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, ularni internet makonidagi turli tahdid va kiberjinoyatlardan himoyalash hamda zamonaviy texnologiyalardan biznesda samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi.

  • Tadbir davomida ishtirokchilarga:

    • Axborot xavfsizligini ta’minlash va kiberhujumlardan himoyalanish usullari;

    • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va boshqa raqamli platformalar imkoniyatlaridan biznesda unumli foydalanish;

    • Zamonaviy IT-yechimlarni va raqamli instrumentlarni tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Muloqot chog‘ida tuman hokimligi va mas’ul tashkilotlar vakillari yosh tadbirkorlarning iqtisodiy va texnologik tashabbuslarini har taraflama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar va foydali maslahatlar olishdi.

Ta’kidlash joizki, bunday amaliy muloqotlar yoshlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, tumanda xavfsiz raqamli muhitni shakllantirish hamda yoshlar tadbirkorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.