Yangiobodda tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot
“Biznesni rivojlantirish banki” tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va joylardagi muammolarga aniq yechimlar topishni davom ettirmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining 3-sentabrdagi topshiriqlari ijrosi doirasida Yangiobod tumani “Doʻstlik” MFYda bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari B. Bobojonov ishtirokida mahalliy tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq va amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarning mavjud muammolari, yangi loyihalari va biznes rejalariga alohida e’tibor qaratildi. Imtiyozli moliyalashtirish imkoniyatlari, kredit ajratish shartlari va tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Muloqot yakunida ko‘tarilgan masalalarni hal etish, tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.