Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“U-HOPE” dasturi doirasidagi navbatdagi oʻquv mashgʻulotlari boshlandi

17.10.2025
4 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Yamagata universiteti bilan hamkorlikda qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlarni Yaponiya tajribasi asosida oʻqitishga qaratilgan xalqaro darajadagi taʼlim dasturi amalga oshirmoqda. Shu kunlarda “U-HOPE” dasturi doirasidagi 3 kunlik navbatdagi oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirkorlik sohasidagi mentorlarni tayyorlashga qaratilgan toʻrt bosqichli dasturning bu galgi oʻquvlariga “Biznesni rivojlantirish banki”  ATBning 30 nafar xodimi va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 50 nafar yosh tadbirkor jalb qilindi.

Taʼkilash lozimki, Loyiha doirasidagi taʼlim jarayoni Yaponiyaning 12 nafar yetakchi ekspertlari tomonidan olib boriladi. Xususan, Yamagata universiteti Tadbirkorlik taʼlimi va tadqiqot markazi direktori, professor Tadashi Onodera ham bevosita mashgʻulotlar olib bormoqda.

Ushbu loyiha oʻz ichiga 60 soatlik taʼlim: maʼruzalar, amaliy mashgʻulotlar, jamoaviy ish va onlayn darslarni oʻz ichiga oladi. Bunda asosiy yoʻnalishlar: tadbirkorlik tafakkuri, ijtimoiy innovatsiyalar, biznes-modellar ishlab chiqish, hududiy muammolarni yechishdan iborat.

Yana bir ahamiyatli tomoni, tinglovchilar yapon ekspertlari bilan ekologiya, raqamli transformatsiya (DX), sanoat va infratuzilmani rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlash boʻyicha keys-stadilar ustida birga ishlash imkoniga egalar. Olingan bilimlar esa, Qoraqalpogʻistondagi dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan aniq biznes-loyiha ishlab chiqish asosida amaliy mashgʻulotlar orqali mustahkamlanadi.

Taʼlim dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

 • Kaizen (kaydzen) — doimiy takomillashuv falsafasi.

 • Lean Management (berejlivoye upravleniye) — resurslarni tejash va samarali ishlash usuli.

 • Ikigai (ikigay) — shaxsiy va kasbiy maqsadni topish, hayotiy muvozanat.

 • Kanban (kanban) — zamonaviy loyihalarni boshqarish tizimi.

 • Yapon kompaniyalari tajribasi (Case study) — kichik biznes orqali ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni yechish namunasi.

 • Ijtimoiy tadbirkorlik va “kollektiv taʼsir” — daromad bilan birga ijtimoiy muammolarni ham hal qilish.

 • Digital Transformation (DX) — kichik biznesni raqamli texnologiyalar bilan rivojlantirish.

 • Green Business & Sustainable Agriculture — ekologik biznes-modellar va organik qishloq xoʻjaligi.

Eng asosiysi, uch kunlik mashgʻulotlar orqali Oʻzbekistonda birinchi milliy mentorlar tarmogʻini shakllantirish, yoshlar startaplari va hududiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni biznes orqali hal etishga Yapon tajribasini joriy qilish hamda kelgusida tashkil etiladigan Oʻzbekiston-Yaponiya Oliy biznes maktabi uchun asos yaratishga erishish maqsad qilingan.

Bir soʻz bilan aytganda, Qoraqalpogʻistondagi xalqaro mentorlar taʼlimi – bu yangi avlod yetakchilarini tayyorlash sari muhim qadam boʻlib, ular nafaqat biznes qiladilar, balki innovatsiyalar orqali ijtimoiy muammolarni hal etadilar.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan dasturning yakuniy taqdimoti 2026-yil fevralida boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan.

 Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.