Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon
1. “Kanban tizimini joriy etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maslahat xizmatlari ”ni xarid qilish bo‘yicha eng yaxshi taklifni tanlash (tanlov) o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon qiladi.
2. Tanlov 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306 sonli qarori hamda bankning ichki tartibiga muvofiq shaklda o‘tkaziladi.
3. Xaridning boshlang‘ich narxi: 850 000 000,0 (sakkiz yuz ellik million) so‘m (QQS va boshqa soliqlar bilan birgalikda).
4. Tanlov o‘tkazish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A.
5. Tanlov tashkilotchisi (Buyurtmachi): “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A. Aloqa uchun shaxslar: bo‘lim boshlig‘i Sh. Botirov, tel.: 78-1509339. Ichki raqam 363.
6. Tanlov ishtirokchisiga bo‘lgan talablar: Xarid hujjatiga muvofiq bo‘lgan har qanday tashkilot ishtirokchi bo‘lishi mumkin.
7. Tanlov o‘tkazish shartlari va tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot xarid hujjatida keltirilgan. Xarid hujjatlarini Buyurtmachining saytida (Xarid hujjati / Texnik topshiriq / Proforma shartnoma) yuklab olish mumkin.
8. Takliflar 2024-yil 23-dekabr Toshkent vaqti bilan 18-00 gacha qabul qilinadi.
9. Takliflar rasmiylashtirilishi bo‘yicha talablar: takliflar yopiq konvertlarda yelimlangan joylarida ishtirokchining muhri bilan taqdim etiladi. Takliflarni rasmiylashtirilishi bo‘yicha batafsil talablar xarid hujjatida bayon etilgan.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.