Tanlash o’tkazilishi to’g’risida e’lon
1. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB «“Biznesni rivojlantirish banki” ATBga savdoni moliyalashtirish yo‘nalishini rivojlantirish uchun malakali xorijiy konsultantni yollash» predmeti bo‘yicha eng yaxshi taklifni tanlash (Tanlash) o‘tkazilishi to’g’risida e’lon qiladi.
2. Tanlash 2023 yil 14 sentyabrdagi PQ-306 sonli qarori hamda bankning ichki tartibiga muvofiq shaklda o‘tkaziladi.
3. Xaridning boshlang‘ich narxi barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar bilan birga 35 000 (o‘ttiz besh ming) AQSH dollari.
4. Tanlashni o‘tkazish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A.
5. Tanlash tashkilotchisi (Buyurtmachi): «Biznesni rivojlantirish banki» ATB, manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A.
Aloqa uchun shaxslar: bo‘lim boshlig‘i M. Umarxodjayev, tel.: 78-1509339. Ichki raqam 363.
6. Tanlash ishtirokchisiga bo‘lgan talablar: Xarid hujjatiga muvofiq bo‘lgan xar qanday tashkilot Ishtirokchi bo‘lishi mumkin.
7. Tanlash o‘tkazish shartlari va tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot xarid xujjatida keltirilgan.
8. Xarid hujjatlarini Buyurtmachining saytida (bu erda) yuklab olish mumkin.
9. Xarid hujjati qoidalari bo‘yicha so‘rov shakli – rasmiy xat orqali.
10. Takliflar 2024-yil 1-iyul Toshkent vaqti bilan 18-00 gacha qabul qilinadi.
11. Takliflar rasmiylashtirilishi bo‘yicha talablar: takliflar yopiq konvertlarda elimlangan joylarida ishtirokchining muhri bilan yoki electron pochta orqali taqdim etiladi. Takliflarni rasmiylashtirilishi bo‘yicha batafsil talablar xarid hujjatida bayon etilgan.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.