Buxoro viloyati, Buxoro shahri Gulchorbog‘ mahallasida mehmonxona binosi qurilishini amalga oshirish uchun pudrat tashkilotini tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qilamiz!
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Gulchorbog‘ mahallasida mehmonxona binosi qurilishini amalga oshirish maqsadida pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun professional pudrat tashkilotlari taklif etilmoqda.
Tanlashda ishtirok etish istagida bo‘lgan ishtirokchilarning eng yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lgani va samarali iqtisodiy takliflar kiritgan tashkilot tanlash g‘olibi deb e’lon qilinadi. Takliflarni baholashda ishtirokchining reyting ko‘rsatkichi va qurilish ishlari qiymatiga nisbatan taqdim etiladiga chegirma (foizda beriladi) taklifi baholanadi. Qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirilishini inobatga olib, tijoriy takliflarni taqdim qilishda pudrat tashkilotlari o‘z takliflarida obyektda amalga oshirilgan qurilish ishlari qiymatidan chegirma (foiz ko‘rinishida) berishlari lozim bo‘ladi.
Obyekt buyurtmachining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Tanlash ishtirokchilarning takliflari Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 282-uy manzilida ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi, takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati 2026-yil 18-avgust kuni soat 16.00 gacha qilib belgilanadi.
Tanlashda qatnashish uchun talabgorlar tanlash hujjatlarini “BRB-CAPITAL” MCHJ bilan bog‘langan holda olishlari mumkin.
Mas’ul shaxs telefon raqami: +99890 315-68-80
Barcha yangiliklar
Apart-otel obyekti qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish kiritish uchun loyihalash tashkilotini tanlab olish yuzasidan tanlov
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB ma’muriy binosini mukammal ta’mirlash” ishlari bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash yakuni yuzasidan
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.