Mart oyining bayram va dam olish kunlarida xizmat ko'rsatuvchi bank ofislari haqida
Hurmatli mijozlar!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, BRB bankining valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi ayrim bank ofislari 2026-yil mart oyidagi bayram va dam olish kunlarida ham o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Xususan, 7, 14, 20, 23 va 28-mart kunlari soat 09:00 dan 16:00 gacha siz valyuta ayirboshlash, xalqaro pul o‘tkazmalarini jo‘natish va xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilish xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.
Ish faoliyatini davom ettiruvchi bank ofislarining to‘liq ro‘yxati va manzillari ilova qilinadi.
Shuningdek, BRB mobil ilovasi odatdagi tartibda uzluksiz ishlashda davom etadi.
Bank ofislarining ish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni 1254 qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.
№ | Bank tarmog'i nomi | Bank tarmog'i joylashgan manzil |
1 | Beruniy BXM | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 10-uy |
2 | Qo‘rg‘ontepa BXM | Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Andijon ko‘chasi, 243-uy |
3 | Galaosiyo BXM | Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Oybek MFY, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 25 uy |
4 | Pop BXM | Namangan viloyati, Pop shahar Ziyoratgoh ko‘chasi 7a-uy |
5 | Samarqand BXO | Samarqand viloyati, Samarqand shaxri, Sadiy Sherozi MFY, Sattepo dahasi, 148A-uy |
6 | Jarqo’rg’on BXM | Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, N.Boymurodov ko‘chasi, 1a-uy |
7 | Sho'rchi BXM | Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, Bo‘ston MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 117B-uy |
8 | Yakkabog' BXM | Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Nurafshon MFY, Yuksalish ko‘chasi, 2-uy |
9 | Marg'ilon BXO | Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, O‘rda tagi MFY, Misgarlik ko‘chasi, 53-a uy |
10 | Xonqa BXM | Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Istiqlol MFY, Farovonlik ko‘chasi, 417-uy |
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.