“BRB Lizing” MChJ kuzatuv kengashi mustaqil a’zosini tanlash bo‘yicha e’lon
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB ta’sischiligida tashkil etilgan “BRB Lizing” MChJ kuzatuv kengashi mustaqil a’zosini tanlash bo‘yicha e’lon qiladi.
I. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
1. Oliy iqtisodiy, moliyaviy, yuridik yoki Jamiyat faoliyat sohasiga mos keluvchi boshqa oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
2. Korporativ boshqaruv, biznesni boshqarish yoki tegishli sohada kamida 5 yillik rahbarlik yoki professional ish tajribasiga ega bo‘lishi;
3. Jamiyatda, uning filiallarida yoki sho‘ba korxonalarida so‘nggi 3 yil davomida mehnat munosabatlarida bo‘lmagan bo‘lishi;
4. Jamiyat ishtirokchilari, mansabdor shaxslari yoki ularning affillangan shaxslari bilan yaqin qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmasligi;
5. Moliyaviy yoki boshqa manfaatlar orqali Jamiyatga tobe bo‘lmasligi.
II. Nomzod tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:
1. Nomzodning imzolangan tarjimai holi (CV);
2. Nomzodni ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
3. Mustaqil a’zo mezonlariga mos kelishi haqidagi nomzodning yozma deklaratsiyasi (manfaatlar to‘qnashuvi yo‘qligi haqida).
Nomzodning takliflari a.xasanov@brb.uz hamda d.alimova@brb.uz elektron pochta manzillariga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2026-yil 17-noyabr soat 18-00 ga qadar.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.