BRB Visa bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi
«Biznesni rivojlantirish banki» ATB raqamli to‘lovlar sohasining xalqaro yetakchisi — Visa kompaniyasidan Principal maqomini, shuningdek, Principal Merchant Acquiring va Principal E-Commerce Acquiring litsenziyalarini qo‘lga kiritdi.
Endi bank Visa bilan bog‘liq tranzaksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta ishlay oladi. Bu BRB biznes-mijozlariga savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridagi POS-terminallar orqali, shuningdek, internet-do‘konlar hamda onlayn platformalarda Visa kartalari bilan to‘lovlarni qabul qilishda yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Natijada tadbirkorlar mijozlardan karta orqali to‘lovlarni qabul qilishda ko‘proq kanallardan foydalana oladilar. Bu esa biznesda naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.