Qoraqalpog‘istonda korrupsiyaga qarshi o‘quv-seminar o‘tkazildi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Qoraqalpog‘istonda korrupsiyaga qarshi o‘quv-seminar o‘tkazdi.
2025-yil 17-sentabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasida Bosh prokuratura bilan hamkorlikda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda Chimboy va Beruniy filiallari (BXM) xodimlari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Bankning Komplaens nazorat departamenti hamda Bosh prokuratura vakillari tomonidan atroflicha javob berildi.
Mazkur seminar doirasida bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish, uning kelib chiqish sabab va sharoitlarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, murosasiz muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan kelgusida ham ushbu yo‘nalishda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

“BRB Nafis ayollar klubi”ning 3-mavsumi davom etmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.