Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Korrupsiyaga nisbatan “mutlaq murosasizlik” shakllanmoqda

03.10.2025
4 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda korrupsiyaning oldini olish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, muntazam ravishda huquqiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Shu maqsadda, xodimlar uchun maxsus o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan, “halollik vaksinasi” tamoyili asosida muntazam seminar va treninglar o‘tkazilmoqda, shaffoflik, hisobdorlik va halollik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha amaliy mexanizmlar joriy etilgan.

Xususan, 2025-yil 3-oktabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bosh binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5177-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida navbatdagi o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Oybek Voxidov, Agentlik vakili Ravshan Yuldashev, bank boshqaruvi a’zolari, hududiy tuzilmalar rahbarlari (ZOOM orqali) hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • korrupsiyaning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari, ularning iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri;

  • manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va xodimlarning odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish zaruriyati;

  • korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish mexanizmlari;

  • korrupsiyaga nisbatan “mutlaq murosasizlik” tamoyilini bank tizimida yanada kengroq joriy etish.

Mutaxassislarning ma’ruzalari davomida xodimlarga amaliy misollar va xalqaro tajribadan namunalar keltirildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari bilan savol-javoblar tashkil etilib, ular o‘z faoliyatida uchraydigan dolzarb holatlar yuzasidan batafsil tushunchalarga ega bo‘ldi.

“Halollik vaksinasi” tamoyili asosida tashkil etilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad – xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari borasidagi huquqiy bilim va malakasini oshirish.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyi davomida ham respublikaning turli hududlarida Bosh prokuratura bilan hamkorlikda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminarlar o‘tkazilgan edi. (Qoqaqalpog‘iston / Xorazm / Buxoro / Navoiy)

Ushbu tadbirlarning barchasi xodimlar ongida korrupsiyaga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish, bank tizimida halollik va shaffoflik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.