Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Nukusda “Mehnat va samara” 1-xotin-qizlar forumi o‘tkazildi

11.02.2025
4 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashabbusi bilan o‘tkazilgan forumda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik rivojiga masʼul tuzilmalar rahbarlari, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida biznes loyihalari moliyalashtirilgan ayol tadbirkorlar, o‘z biznesini tashkil etish istagida bo‘lgan xotin-qizlar, “Kichik biznesga ko‘maklashish hududiy markazi” vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari Rustam Saparbayev, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB masʼul xodimi Dilshod Umarov va boshqalar so‘zga chiqishib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Qoraqalpog‘istonda bu yo‘nalishda yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi.

Ilk bor o‘tkazilgan forum qoraqalpog‘istonlik ayol tadbirkorlar uchun o‘ziga xos muloqot maydoniga aylandi. Tadbirda ular tomonidan biznesni rivojlantirishga doir yangi takliflar va yangi biznes g‘oyalar o‘rtaga tashlandi.

Ishtirokchilarga “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan biznes uchun taklif etilayotgan yangi mahsulotlar va xizmatlar, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida joriy etilgan moliyaviy instrumentlar haqida axborot berildi.

Tadbirda ishtirok etgan Yamagata universiteti professorlari Omata Shinji va Tanabe Xiroyuki Yaponiyaning kichik biznesni rivojlantirish tajribalari hamda KAIZEN va LEAN uslublaridan foydalanib biznes yuritish borasidagi tajribalari bilan bo‘lishdi.

Forum doirasida bank moliyaviy ko‘magida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlarning ishlab chiqarish va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda 30 nafarga yaqin hunarmand va tadbirkor ayollarning mahsulotlari namoyish etildi.

Tadbir yakunida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Yamagata universiteti hamkorligida tashkil etilgan U-HOPE o‘qitish dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan 2-avlod trenerlari sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Maʼlumot uchun, “Biznesni rivojlantirish banki” 2024-yilda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 18 866 nafar xotin-qiz uchun 919 mlrd 800 mln so‘m kredit ajratgan. Bankka biriktirilgan mahallalarda 1 868 nafar ayol tadbirkorga 122 mlrd 900 mln so‘m miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltirildi. Natijada 3 862 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.