Namanganda ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi boyicha loyihalash tashkilotini tanlab olish
Namangan viloyati, Namangan shahri, Davlatobod tumani, Orzu mahallasi, Yangi O‘zbekiston massivida ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalash tashkilotini tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qilamiz!
Namangan viloyati, Namangan shahri, Davlatobod tumani, Orzu mahallasi, Yangi O‘zbekiston massivida ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish maqsadida loyihalash tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun professional loyihalash tashkilotlari taklif etilmoqda.
Tanlashda ishtirok etish istagida bo‘lgan ishtirokchilarning eng yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lgani va samarali iqtisodiy takliflar kiritgan tashkilot tanlash g‘olibi deb e’lon qilinadi. Takliflarni baholashda ishtirokchining reyting ko‘rsatkichi va narx (foizda beriladi) taklifi ulushi baholanadi. Qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirilishini inobatga olib, tijoriy takliflarni taqdim qilishda loyiha tashkilotlari loyihaning dastlabki qiymatidan ma’lum bir miqdorda foiz ko‘rinishida o‘z takliflarini berishlari lozim bo‘ladi.
Obyekt buyurtmachining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Tanlash ishtirokchilarning takliflari Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 282- uy manzilida ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi, takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati 2025-yil 2-iyun kuni soat 16.00 gacha qilib belgilanadi.
Tanlashda qatnashish uchun talabgorlar tanlash hujjatlarini “BRB-CAPITAL” MCHJ bilan bog‘langan holda olishlari mumkin.
Mas’ul shaxs telefon raqami: +99890 315-68-80
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.