Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Milliy libos – millat iftixori” chellenji davom ettirildi

24.10.2025
2 min

O‘zbek xalqining boy madaniy merosi va milliy qadriyatlarini asrab-avaylash hamda ulug‘lash maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan boshlangan “Milliy libos – millat iftixori” chellenji izchil davom etmoqda.

Navbatdagi tadbir bankning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi ishtirokida o‘tkazildi. Tadbir davomida xodimlar milliy liboslarda ishtirok etib, milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz va xalqimizning o‘ziga xos kiyinish madaniyatini targ‘ib etdilar.

Mazkur tashabbus nafaqat milliy liboslarni keng ommalashtirish, balki ularning zamonaviy hayotdagi o‘rnini ko‘rsatish, yoshlar orasida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB ushbu loyihani doirasida turli hududiy boshqarmalarda milliy libos kuni tadbirlarini tashkil etib, xodimlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni yanada chuqur singdirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.