Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Korrupsiyaga murosasizlik – adolatli jamiyat poydevori

10.07.2025
5 min

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning haq-huquqlarini taʼminlashga jiddiy tahdid soluvchi illatdir.

Sir emaski, korrupsiya tadbirkorlik sohasi rivojiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Har qanday davlatning iqtisodiy barqarorligida bank tizimi muhim va hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Banklar orqali mamlakat taraqqiyoti uchun turli xil sarmoyalar jalb qilinadi, kreditlar beriladi, toʻlov tizimlari ishlaydi va aholining moliyaviy ehtiyojlari qondiriladi.

Biroq, bu muhim sohada korrupsiyaning mavjudligi nafaqat iqtisodiy taraqqiyotga, balki jamiyatning moliyaviy tizimga boʻlgan ishonchiga ham putur yetkazadi.

Shu sababdan  bank tizimida korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi kurash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Taraqqiyotimizning yangi davrida yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish davlat siyosatining eng ustuvor vazifalariga aylanganligini oxirgi yillarda korrupsiya sohasiga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, joriy etilgan xalqaro standartlar misolida ham koʻrish mumkin.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda korrupsiyaga qarshi samarali kurashishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda korrupsiyaga qarshi Ichki nazorat (Komplayens) tuzilmasi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari etib avvalo bankda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash, oldini olish va uni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash hamda bartaraf etish  choralarini koʻrish, xalqaro standart va tajribani oʻzida mujassam etgan samarali va profilaktik tizim yaratish kabi vazifalar belgilandi.

Bankda 2023-yilda bankning barcha ichki meʼyoriy hujjatlari xalqaro standart talablari va tavsiyalarini hisobga olgan holda qayta ishlab chiqilib, Bosh bank, hudud va tuman sotuv nuqtalari darajasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” boʻyicha ISO 37001:2016 xalqaro standarti joriy qilindi.

Mazkur tizim samaradorligi joriy yilning mart oyida mustaqil xalqaro tashqi auditdan oʻtkazilib, ijobiy baholandi va muvofiqlik sertifikati muddati uzaytirildi.

Xalqaro standart talablari tashkilotda korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan koʻra, uning oldini olishga qaratilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirishni koʻzda tutadi.

Bankda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish, bankni bozor talablari va mijoz ehtiyojlariga moslashtirish uchun yangilash, yanada rivojlantirish uchun bir qancha muhim vazifalar belgilab olindi.

Jumladan:

- xizmat koʻrsatish bosqichi va jarayonlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish;

- zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etish;

- ichki jarayonlarni avtomatlashtirish orqali mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini doimiy oshirib borish;

- xodimlar oʻrtasida halollik vaksinasi va etika qoidalarini targʻib etish hamda huquqiy savodxonligini oshirish;

- mijozlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan doimiy ravishda soʻrovnomalar oʻtkazib borish.

Maʼlumki, xalqaro moliya tashkilotlari (Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi — XVJ, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, boshqa mintaqaviy va global moliya institutlari)dan sarmoya jalb qilishda korrupsiyaga qarshi shartlar muhim oʻrin tutadi.

Bankimiz tomonidan oxirgi bir yildan ortiqroq davr mobaynida xalqaro moliya tashkilotlaridan 300,0 million AQSH dollariga yaqin sarmoyalar jalb qilingan boʻlib, buning asosini xalqaro bitimlarda korrupsiyaga qarshi maxsus moddalarning kiritilishi, ishonchli va shaffof boshqaruv tizimi, loyihalarni amalga oshirishda ochiqlik va jamoatchilik nazorati tashkil qiladi.

Xulosa qilib aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashish bu faqatgina davlat idoralarining vazifasi emas, balki har bir fuqaroning masʼuliyati va burchi hamdir.

Har birimiz halollikni kundalik  hayotimizda,  oilamizda, faoliyat yuritayotgan  tashkilotimizda, qoʻyingki, jamiyatimizda asosiy qoidaga aylantira olsak, barqaror va taraqqiy etuvchi kelajakni birgalikda yaratishimiz mumkin boʻladi.

Saxi Annaklichev,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.