“BRB Zakovat” intellektual o‘yinining 1-tur bahslari o‘tkazildi
“Biznesni rivojlantirish banki” tizimi doirasida o'tkazilgan “BRB Zakovat” intellektual o'yini birinchi tur bahslari yuqori saviyada bo'lib o'tdi.
Ta'kidlash lozimki, “BRB Zakovat” kabi intellektual oʻyinlar xodimlar salohiyatini oshirishda muhim oʻrin tutadi. Bu kabi tadbirlar bir necha jihatdan xodimlarning rivojlanishiga hissa qoʻshadi. Oʻyin jamoaviy ishga, bir-biriga yordam berishga va jamoaviy maqsad sari hamkorlik qilishga oʻrgatadi. Bu bankning ichki muhitini yaxshilaydi va xodimlar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi.
17 ta jamoa – Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, Bosh bank va Bosh amaliyotlar boshqarmasi vakillari o'z bilimlari va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Bilim, epchillik va topqirlik bo'yicha kurashgan musobaqa ishtirokchilari o5zlarining yuksak intellektual salohiyatini namoyish etdi.
Turnir 6 ta turdan iborat bo'lib, har bir bosqichda to'plangan ballar yakuniy natijalarni aniqlashda muhim rol o'ynaydi. Qaysi jamoa finalga yo'l olish va g'oliblikni qo'lga kiritish uchun kurashda yanada kuchli ekanligini keyingi bosqichlarda bilib olamiz.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.