Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Rahbar faoliyati

Bektemirda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi

25.09.2026
•
3 min

2026-yil 24-sentabr kuni Bektemir tumanining “Rohat” mahallasida aholi bandligini taʼminlash, fuqarolar daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambagʻallikni qisqartirish masalalariga bagʻishlangan ochiq muloqot oʻtkazildi. Uchrashuvda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Sh. Yusupov mahalla tadbirkorlari va aholi vakillarining muammolari hamda istiqbolli loyihalarini atroflicha oʻrgandi.

Tadbirkorlik tashabbuslari va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqot davomida mahalliy tadbirkorlar oʻz faoliyatlarini kengaytirish va yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida bir qator aniq taklif va murojaatlarini bildirdi. Xususan, tadbirkorlar Prezidentimizning PQ-312-sonli qarori, Islomiy moliyalashtirish doirasidagi “Murabaha” kredit mahsuloti, “Bir mahalla — bir biznes” dasturi boʻyicha kredit ajratilishida yordam soʻrab murojaat qildi.

Barcha murojaatlar yuzasidan tadbirkorlarga bank boʻlinmalariga ariza topshirish tartibi tushuntirildi. Shu bilan birga, bankning masʼul xodimlariga taqdim etiladigan arizalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish va kredit ajratish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qatʼiy topshiriqlar berildi.

Fuqarolar bandiligi va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash

Uchrashuvda nafaqat tadbirkorlar, balki mahalladagi ishsiz va kambagʻal fuqarolarning muammolariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan, “Rohat” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro D.Turamurodova savdo faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirib, Suvsoz dahasidan boʻsh joy ajratilishida yordam soʻradi. Masʼullar tomonidan ushbu murojaat joyida oʻrganilib, fuqaroga “Rohat” va “Mirishkor” mahallalari hududidan tadbirkorlik qilish uchun qulay boʻlgan boʻsh maydonlar taklif etildi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan bu kabi manzilli va “xonadonbay” oʻrganish uchrashuvlari Bektemir tumanida aholi daromadlarini barqaror oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda mahallalarda yangi ish oʻrinlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.