Bank Protsessing markazidagi embosser (Humo va Visa) qurilmalariga o‘rnatilgan dasturiy ta’minotga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatini xarid qilish
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Bank Protsessing markazidagi embosser (Humo va Visa) qurilmalariga o‘rnatilgan dasturiy ta’minotga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatini xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyihani byudjetlashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlarni potentsial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlar yetkazib beruvchilaridan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlarini koʻrsatilishi lozim. Shuningdek, ilovadagi jadvalni to‘ldirib, taqdim etishingizni so‘raymiz.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2026-yil 5-oktabr soat 18-00 ga qadar.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.