Bank Boshqaruvi raisining 2026-yil III chorak yakunlari bo‘yicha axboroti
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichevning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi to’g’risida axboroti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi «Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-117-sonli Farmoni 7.b.-bandida 2025-yil 1-oktabrdan boshlab har chorakda davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi holati bo‘yicha keng jamoatchilikka hisobot berishi tartibi joriy qilish topshirig‘i berilgan.
Biznesni rivojlantirish banki tomonidan mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yilning yanvar-sentabr oylari davomida 196 ta topshiriqlar, xususan:
Farmonlari bilan berilgan 58 ta;
Qarorlari bilan berilgan 94 ta;
Bayonlari bilan berilgan 44 ta topshiriqlar ijrosi tegishli tashkilotlar hamkorligida ta’minlandi.
Shuningdek, bank tomonidan 2026-yilning yanvar-sentabr oylari davomida Hukumat hujjatlarining 45 ta topshiriqlari ijrosi ta’minlandi.
Mazkur ma’lumotlar bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi
Bank Boshqaruvi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi qat’iy nazoratga olinib va so‘zsiz ijrosi ta’minlab boriladi.
S.S.Annaklichev
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.