Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

"Bank faoliyati tadbirkor nigohida" mavzusida davra suhbati

16.05.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki”da bugungi kunda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar va bank xodimlari ishtirokida "Bank faoliyati tadbirkor nigohida" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda muvaffaqiyatli tadbirkorlar asaxiy.uz asoschisi - Firuz Allayev va "Profi" ta'lim klasteri asoschisi - Bektosh Xotamov ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida Firuz Allayev va Bektosh Xotamov o‘z bizneslarini qanday boshlaganlari, dastlabki bosqichlarda yuzlashgan qiyinchiliklar, ularni yengib o'tish yo'llari, erishilgan muvaffaqiyatlar va kelajakdagi maqsadlari haqida batafsil gapirib berdi.

Mehmonlar, shuningdek, bank tizimiga bo'lgan munosabatlari, Biznesni rivojlantirish bankining tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o'rni va bank xizmatlari haqidagi fikrlari bilan ham o'rtoqlashdi.

Ochiq va samimiy ruhda o'tdgan suhbat davomida har ikki tomon bir-birini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

Uchrashuv xodimlar uchun katta motivatsiya manbai bo'ldi va ularning tadbirkorlik sohasiga bo'lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Uchrashuv so'ngida bank rahbariyati bunday uchrashuvlar kelgusida ham tashkil etilishini ta'kidlab, tadbirkorlarga tashrif va samimiy muloqot uchun minnatdorlik bildirdi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.