Bank Boshqaruvi raisi Fargʻonada yangi loyihalar faoliyati bilan tanishdi
“Biznesni rivojlantirish banki” Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-sentabrdagi yigʻilishida belgilab berilgan muhim vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Fargʻona viloyatidagi tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar faoliyati bilan yaqndan tanishdi.
Jumladan, Toshloq tumanida bank koʻmagida tobora rivojlanib borayotgan “VEKKO shoes” MCHJda bo‘ldi.
Umumiy qiymati 4,2 mlrd soʻm bo‘lgan ushbu “Poyafzal ishlab chiqarish” korxonasida 80 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan.
Bank raisi Quvasoy shahrida faoliyat olib borayotgan tashabbuskor tadbirkor Abdulxayev Islombek Abdumannon oʻgʻlining biznes loyihalari va ishlab chiqarish jarayonlarini joyida borib koʻrdi. Tadbirkorning faoliyatini kengaytirish yuzasidan qiymati 500 mln so‘mlik taklifi bo‘yicha shu yerning o‘zida loyiha ishlab chiqildi. Mazkur yangi loyiha natijasida qo‘shimcha 10 ta ish o‘rni yaratiladi.
“Biznesni rivojlantirish banki” hududlarda kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishda davom etadi.
“Biznesni rivojlantirish banki” — tadbirkorlikka ishonchli kafil!
Barcha yangiliklar
Tadbirkorlar muammolari eʼtiborda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.