Bank axborot xizmati bayonoti
Joriy yilning 9-may kuni “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi kanallarning birida e'lon qilingan xabarda "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida faoliyat yuritgan bank xizmatlari markazi ayni paytda faoliyat yuritmayotgani mijozlarga noqulaylik tug‘dirayotgani, xususan, kredit to‘lovlarini amalga oshirish qiyin bo‘layotgani bayon qilingan.
Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan bugungi kunda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumani Abu Rayhon Beruniy mahallasi, O‘zbekiston ko‘chasi 24-uy manzilida bank axborot markazi joylashgan.
Bu yerda mijozlar bir martalik to‘lovlar, kommunal to‘lovlar, kredit to‘lovlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratilgan. Bundan tashqari, bankning yuridik mijozlari savdo tushumlarini ADM qurilmasi orqali hisob raqamlariga o‘tkazishlari mumkin. O‘z navbatida, ushbu qurilmadan jismoniy shahslar ham kartalarini pul mablag‘lari bilan to‘ldirishlari mumkin.
Shuningdek, mazkur mahallaning Bog‘ot ko‘chasida 27/4 rejimida ishlaydigan bankomat ham o‘rnatilgan.
Axborot markaziga alohida mas’ul xodim biriktirilgan. Bu esa, mijozlarga bank mahsulotlaridan yanada to‘liqroq foydalanishlari uchun zarur maslahatlar berilishiga ham imkoniyat yaratmoqda.
O‘z-o‘zidan anglashiladiki, murojaatda keltirilgan muammo yechimi hal etilgan.
Eslatib o‘tamiz, mijozlar bank xizmatlaridan foydalanish, xususan, bankdan olingan kreditlarni to‘lash uchun BRB mobil ilovasidan ham foydalanishlari mumkin.
Bu haqda ham axborot markazida mijozlarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.