Поиск по сайту Закрыть
Поиск
ESG

“Ayol-2:0” – goʻzallik va muvaffaqiyat marafoni o‘tkazildi

18.08.2025
2 мин

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Ayollar maslahat kengashining tashabbusi bilan bank tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlari uchun “Ayol-2:0” marafoni o‘tkazildi.

Tadbir maqsadi – har bir ayolning ichki salohiyatini roʻyobga chiqarish, zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirish va ish faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish.

Mazkur 21 kunlik rivojlanish marafoni ayol xodimlarning qalbida yangi ufqlar ochdi. Marafon davomida motivatsiya, vaqtni samarali boshqarish, moliyaviy savodxonlik, sogʻlom turmush tarzi va ijobiy fikrlash kabi muhim mavzular qamrab olindi. Bu yoʻnalishlarda 27 nafar eng faol va iqtidorli ayollar oʻzlarining yutuqlari va ilgʻorligi bilan barchaga ibrat boʻldi.

Eng yaxshi natijalarga erishgan gʻolibalar diplomlar, ramziy maʼnoga ega qizil kundaliklar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi rahbariyati tizimdagi xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlay va bun kabi tadbirlarni muntazab o‘tkazib boradi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB - ayollar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi!

Bank axborot xizmati

Будьте в курсе с нашим блогом

Получайте последние обновления, аналитическую информацию и банковские советы.

Спасибо за подписку!
К сожалению произошла ошибка, попробуйте позже.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.