Cookies foydalanish siyosati
“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki (keyingi o‘rinlarda — Bank) ushbu hujjatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni (keyingi o‘rinlarda — Siyosat) veb-saytimizdan foydalanuvchilar tomonidan yig‘ilgan holda qayta ishlaydi. Cookies haqidagi bildirishnoma oynasidagi “Qabul qilish”tugmasini bosganingizda, Siz Cookies’ingizni qayta ishlashga roziligingizni bildirasiz. Shuningdek, 4-bandga muvofiq Cookies qayta ishlanishidan voz kechishingiz mumkin.
1. Cookies nima? Cookies — bu veb-sayt Sizning kompyuteringiz yoki mobil qurilmangizdagi brauzerdan so‘raydigan kichik ma’lumot parchasi. Cookies’da veb-saytdagi harakatlaringiz haqida ma’lumotlar, shuningdek qurilmangiz haqidagi ma’lumotlar, sessiya sanasi va vaqti saqlanishi mumkin. Cookies Sizning kompyuteringiz yoki mobil qurilmangizda mahalliy tarzda saqlanadi.
2. Biz Sizning Cookies’ingizdan qanday foydalanamiz? Bank Cookies’larni veb-saytimiz ish faoliyatini yaxshilash va ta’minlash, shuningdek Bank va uning hamkorlarining mahsulotlari va xizmatlarini takomillashtirish maqsadida ishlatadi — xususan, Sizning afzalliklaringizni aniqlash orqali Sizga maqsadli ma’lumotlar taqdim etish uchun.
3. Qanday turdagi Cookies’larni ishlatamiz?
Sessiyaviy Foydalanuvchi veb-sayt sahifasida bo‘lgan vaqt davomida vaqtinchalik xotirada mavjud bo‘ladi. Odatda sessiyaviy Cookies veb-sayt oynasi yopilgach o‘chiriladi. Sessiyaviy Cookies oldingi sahifadagi tanlovingizni eslab qolishga yordam beradi va ma’lumotlarni qayta kiritish zaruriyatini oldini oladi.
Doimiy Brauzer yopilganda o‘chirilmaydigan va kompyuteringiz yoki mobil qurilmangizda saqlanadigan Cookies. Doimiy Cookies muayyan veb-sayt uchun foydalanuvchi sozlamalarini saqlab qoladi va keyingi sessiyalarda ushbu afzalliklardan foydalanish imkonini beradi. Bunday Cookies Sizni noyob foydalanuvchi sifatida identifikatsiya qiladi va veb-saytga qaytganingizda oldingi harakatlaringiz haqidagi ma’lumotlarni eslab qoladi.
Analitik/marketing Veb-saytdan qanday foydalanayotganingiz haqida ma’lumotni o‘z ichiga oladi, masalan, qaysi sahifalarni ko‘rganingiz, qaysi havolalar orqali o‘tganingiz. Biz bu Cookies’larni asosan veb-sayt funksionalligini yaxshilash va foydalanuvchi tajribasini oshirish uchun ishlatamiz. Ba’zida bunday Cookies Sizning afzalliklaringizni aniqlash va Sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar, xizmatlar va servislar bo‘yicha foydali maqsadli ma’lumotlar taqdim etish imkonini beradi.
Majburiy Veb-saytning to‘g‘ri va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan minimal Cookies to‘plami.
4. Cookies qayta ishlanishidan qanday voz kechish mumkin? Cookies qurilmangizdagi brauzerga o‘rnatiladi — ko‘pincha bu avtomatik tarzda sodir bo‘ladi. Siz brauzer sozlamalarida Cookies saqlanishi va ishlatilishidan voz kechishingiz yoki allaqachon saqlangan Cookies’larni o‘chirishingiz mumkin. Agar Cookies qayta ishlanishidan voz kechsangiz, veb-saytimiz faqat majburiy Cookies’dan foydalanadi.