Ta'lim kreditlari
TOP-300 OTMlar, mahalliy kontraktlar va kurslar uchun 14% dan boshlanuvchi ta'lim kreditlari
Xizmatlar
BRB kartalari o‘rtasida o‘tkazmalar
Alipay+ orqali xorijda to‘lov
To‘lovlar — elektr energiyasidan tortib telefongacha
Kartalarni boshqarish — kerak bo‘lsa bloklang, kerak bo‘lsa yangilang
Omonat va kredit — ofisga bormasdan
Birgina ilova — barcha bank ehtiyojlari uchun
Komissiyasiz onlayn o’tkazmalar
BRB ilovasi orqali BRB Humo va Uzcard kartalaridan boshqa Humo va Uzcard kartalariga oyiga 10 million so‘mgacha komissiyasiz pul o'tkazing
📱 App Store yoki Google Play’dan BRB ilovasini yuklab oling.
Ilovani ochganingizda, sizdan telefon raqamingiz so‘raladi.
Raqamingizni kiriting: +998 XX XXX XX XX
Telefoningizga SMS-kod keladi
Ushbu kodni ilovadagi maxsus oynaga kiriting
✅ Siz ilovaga muvaffaqiyatli kirdingiz. Endi asosiy funksiyalar ochiladi, lekin verifikatsiyasiz ayrim xizmatlar cheklangan bo‘ladi. Shu sababli keyingi bosqichga o‘tamiz.

🪪 Ilova sizga shaxsingizni tasdiqlashni taklif etadi.
Buning uchun qanday hujjat kerak?
Pasport (yoki ID-karta)
Keyinchi?
📸 Hujjat fotosi
– Old tomonni suratga oling
– So‘ng orqa tomonni
(Ilova sizga qayerini qanday tushirish kerakligini ko‘rsatadi)
🤳 Selfi
– Kameraga qarab suratga tushing
– Yuzingiz yoritilgan, aniqligi yaxshi bo‘lishi kerak
– Quloq-qosh, yuz to‘liq ko‘rinib tursin
📌 Hammasi faqat bir necha daqiqa vaqt oladi. Hujjatlar to‘g‘ri tushgan bo‘lsa — keyingi bosqichga o‘tasiz.
⏳ BRB sizning hujjatlaringizni avtomatik tekshiradi.
Bu jarayon odatda 1–5 daqiqa davom etadi.
✅ Verifikatsiya muvaffaqiyatli o‘tgach, sizga bildirishnoma keladi va barcha xizmatlar to‘liq ochiladi:
Pul o‘tkazmalari (komissiyasiz)
Kredit va omonatlar
Valyuta konvertatsiyasi
Kartalarni boshqarish
Davlat xizmatlari to‘lovlari
🟢 Siz endi to‘liq BRB mijozisiz.

Savollaringizga javoblar tayyor (FAQ)
📱 Telefonimni taksida unutib qoldirdim. Endi nima qilaman?
Xavotir olmang. Yangi telefonda BRB ilovasini yuklab oling, raqamingiz orqali qayta kirish qiling.
Agar hisobni vaqtincha bloklash kerak bo‘lsa — 1254 ga qo‘ng‘iroq qiling.
📲 Ikki telefonim bor, ikkala qurilmada ham ishlatsam bo‘ladimi?
Albatta. Masalan, ish telefoningizda ham, shaxsiy telefoningizda ham BRB ilovasidan foydalana olasiz.
Faqat har kirishda SMS-kod orqali tasdiqlaysiz — xavfsizlik muhim.
🔒 PIN-kodimni unutdim.
Kirish oynasida “PIN-kodni unutdingizmi?” tugmasini bosing va ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
📥 Mobil ilovani qanday o‘rnataman?
App Store yoki Google Play’dan “BRB” deb qidirib, ilovani yuklab oling. O‘rnatish — bir necha soniyada.
🔕 Har safar to‘lov kelganda bildirishnoma chiqaveradi. Uni qanday o‘chirsam bo‘ladi?
Sozlamalarga kiring → Bildirishnomalar → Istamasangiz, push-xabarnomalarni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
Lekin eslatmalar ba’zida kerakli bo‘ladi 😉
💳 Do'stim menga noto‘g‘ri karta raqam yuboribdi, o‘tkazmani qilaman deb turibman. Nima qilay?
O‘tkazmadan oldin ilova qabul qiluvchining ismini ko‘rsatadi. Agar ism tanish bo‘lmasa — to‘xtab turing. Tekshirib olganingiz ma’qul.
Qanday qilib BRB ilovasining foydalanuvchisi bo'lish mumkin
Shaxsiy ma'lumotlar yordamida identifikatsiyadan o'ting
Kartani qo'shing va barcha imkoniyatlardan foydalaning
Kiberfiribgarlikdan ogoh bo‘ling
5 ta oltin qoidaga amal qiling!
Ariza qoldirish
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.