LC Eksportni
diskontlash
Eksport akkreditivlari bo‘yicha to‘lovlarni 180 kungacha muddatidan oldin moliyalashtirish
Moliyalashtirish muddati
180 kungacha
Diskont stavkasi
2,5% dan 9% gacha
Mijozlar segmenti | Mikro va kichik biznes subyektlari |
Moliyalashtirish maqsadi | Eksport qilingan tovar va mahsulotlar uchun eksport shartnomasida belgilangan to‘lovlarni muddatidan oldin moliyalashtirish |
Moliyalashtirish valyutasi | AQSH dollari va yevro |
Mijoz hisobvarag‘i | BRBda ochilgan asosiy va/yoki ikkilamchi valyuta hisobvarag‘i |
Moliyalashtirish miqdori | Eksport shartnomasi bo‘yicha diskont chegirilganidan keyin qolgan summa miqdorida |
Moliyalashtirish muddati | Eksport shartnomasida belgilangan to‘lov muddatigacha, biroq tovar yoki mahsulot yuklanganligini tasdiqlovchi yuk-transport hujjatlari sanasidan boshlab 180 kundan oshmagan muddatga |
Moliyalashtirish shakli | Eksport shartnomasi summasidan bankning diskont daromadi chegirilgan holda mablag‘lar eksportyorning BRBda ochilgan valyuta hisobvarag‘iga o‘tkaziladi |
Moliyalashtirish muddati | Diskont stavkasi |
60 kungacha | 2,5% |
90 kungacha | 4% |
120 kungacha | 6% |
180 kungacha | 9% |
Eksportyor (rezident) | O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, tovar yoki mahsulotlarni eksport qiluvchi tadbirkorlik subyekti |
Importyor (norezident) | Chet davlatda ro‘yxatdan o‘tgan, eksportyorning tovar yoki mahsulotlarini xarid qiluvchi tadbirkorlik subyekti |
Kontragent bank | Importyor hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi hamda OTB va/yoki YETTB bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan bank |
Kafolatlovchi tashkilot | Eksport akkreditivi bo‘yicha to‘lov qoplanishini kafolatlovchi OTB yoki YETTB |
1 | Kontragent bankka talab | Importyorga xizmat ko‘rsatuvchi bank OTB, YETTB yoki Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan bo‘lishi lozim |
2 | Eksport operatsiyasini tasdiqlash | Eksport shartnomasi bo‘yicha tovar yoki mahsulot yuklanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi kerak |
3 | Eksport shartnomasiga talab | Eksport shartnomasi UCP xalqaro qoidalariga zid bo‘lmasligi hamda tashqi savdo shartnomalariga qo‘yiladigan eng kam talablar asosida tuzilgan bo‘lishi lozim |
4 | Akkreditiv ta’minoti | Akkreditiv bo‘yicha to‘lov OTB yoki YETTB kafolati bilan qoplangan bo‘lishi kerak |
5 | Xalqaro sanksiyalarga muvofiqlik | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda BMT, OFAC, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya sanksiyalari qo‘llanilgan yuridik shaxslar yoki ularning benefitsiarlari ishtirokidagi eksport shartnomalariga bank tomonidan xizmat ko‘rsatilmaydi |
1 | Moliyalashtirish uchun ariza |
2 | Korxonaning ta’sis hujjatlari |
3 | Eksportyor korxona ta’sischilarining «LC Eksportni diskontlash» mahsulotidan foydalanishga roziligi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holda (xususiy korxonalar bundan mustasno) |
4 | Tovar yoki mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalarining nusxalari |
Onlayn arizani qoldiring
Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!
Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi. Mutaxassislarimiz tez orada siz bilan bog'lanib, tafsilotlarni aniqlaydi.