“Yangi O‘zbekiston
kelajagi” krediti
Biznesingiz pul oqimiga mos to‘lov jadvali bilan
Kredit miqdori
10 mlrd so‘m ekvivalentigacha
Kredit muddati
84 oygacha
Foiz stavkasi
18% dan
Kredit maqsadi | Sanoat va eksport faoliyati, qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, issiqxona, xizmat ko‘rsatish, savdo, ishlab chiqarish, qurilish, umumiy ovqatlanish, turizm va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa yo‘nalishlarni moliyalashtirish |
Mijoz segmenti | Tadbirkorlik subyektlari |
Mijoz hisobraqami | Asosiy yoki ikkilamchi hisobraqam |
Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) va xorijiy valyuta (AQSh dollari) |
Kredit miqdori | 10 mlrd so‘m ekvivalentigacha |
Kredit muddati |
|
Foiz stavkasi | Yillik 18% dan |
Kreditning imtiyozli davri |
|
Kreditni ajratish shakli | Ochiq yoki yopiq kredit liniyasi orqali mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchining hisobraqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan. Kredit mablag‘larining 20% gacha qismi qarz oluvchining BRBdagi hisobraqamiga o‘tkazilishi mumkin. Chorvachilik loyihalarida ushbu ulush 50% gacha bo‘lishi mumkin |
Ta'minot talabi | Kredit summasining kamida 125% miqdorida |
Ta'minot turi | Mulkiy va nomulkiy |
Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 6 oy bo‘lishi va hisobraqam bo‘yicha pul tushumlari mavjud bo‘lishi lozim. 1 mlrd so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan kreditlar bundan mustasno | |
Oxirgi hisobot davri zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi lozim. Talab yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilmaydi | |
O‘z aylanma mablag‘lari oxirgi hisobot davrida manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi lozim. Talab yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilmaydi | |
Mavjud kreditlar va ularga tenglashtirilgan amaliyotlar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi lozim | |
2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim | |
KATM ma’lumotnomasiga ko‘ra “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifasida tasniflangan amaldagi kreditlar mavjud bo‘lmasligi lozim | |
KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi lozim | |
Kredit tarixi so‘nggi 24 oyda 30 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik — 10 tadan ko‘p bo‘lmasligi; 60 kundan ortiq — 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi; 90 kundan ortiq — umuman bo‘lmasligi lozim | |
Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim |
Kredit olish uchun ariza | |
Oxirgi davr uchun choraklik va/yoki tezkor (operativ) buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot | |
Mahsulot oldi-sotdisi yuzasidan rasmiylashtirilgan shartnomalar. Shartnoma talab etilmaydigan yoki kredit mablag‘lari mijoz hisobraqamiga o‘tkaziladigan holatlar bundan mustasno | |
Boshqa bankda hisobraqam mavjud bo‘lsa, oxirgi 12 oylik hisobraqam aylanmasi bo‘yicha tasdiqlangan ma’lumotnoma va uning elektron shakli | |
Investitsion loyihalar uchun TIA/Biznes-reja. Kichik investitsion loyihalar bundan mustasno | |
Garov turiga qarab tegishli hujjatlar: ko‘chmas mulk uchun kadastr hujjatlari, avtotransport yoki maxsus texnika uchun texnik pasport va boshqa talab etiladigan hujjatlar |
1 | Beruniy tumani |
2 | Qonliko‘l tumani |
3 | Izboskan tumani |
4 | Xo‘jaobod tumani |
5 | Jondor tumani |
6 | Jizzax shahri |
7 | Yangiobod tumani |
8 | Ko‘kdala tumani |
9 | Yakkabog‘ tumani |
10 | Konimex tumani |
11 | Uchqo‘rg‘on tumani |
12 | Davlatobod tumani |
13 | Qo‘shrabot tumani |
14 | Denov tumani |
15 | Termiz tumani |
16 | Xovos tumani |
17 | Yangiyer shahri |
18 | Yangiyo‘l tumani |
19 | Ohangaron shahri |
20 | Yangiyo‘l shahri |
21 | Beshariq tumani |
22 | Bog‘dod tumani |
23 | Buvayda tumani |
24 | Bog‘ot tumani |
25 | Xiva tumani |
26 | Bektemir tumani |
Eslatma: Mazkur kredit mahsuloti faqat “BRB” ATBga biriktirilgan yuqorida ko‘rsatilgan hududlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun amal qiladi | |
Onlayn arizani qoldiring
Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!
Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi. Mutaxassislarimiz tez orada siz bilan bog'lanib, tafsilotlarni aniqlaydi.