"Tomorqa revolver" krediti
Fermerlar va dehqonlar uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga mo‘ljallangan kredit


Yillik foiz stavkasi
14%

Kredit miqdori
Individidual

Kredit muddati
12 oygacha
Krediti qanday maqsadlarda ajratiladi?
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun – meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gullar, ko‘katlar, dorivor o‘simliklar, dukkakli va moyli ekinlar, makkajo‘xori doni, sholi yetishtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash.
Mahsulotlarni qayta ishlash va saqlash uchun – yetishtirilgan hosilni saqlash, saralash, qadoqlash, muzlatish, quritish kabi texnologik jarayonlarni moliyalashtirish.
Mahsulotlarni sotish yoki eksport qilish uchun – ichki bozorda realizatsiya qilish yoki eksportga tayyorlash, logistika va xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash.
Klaster va kooperatsiyalarni rivojlantirish uchun – bir nechta xo‘jaliklarning hamkorlikda ishlashini qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish.
Bu kredit qishloq xo‘jaligi sohasida to‘liq ishlab chiqarish – qayta ishlash – sotish jarayonini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

Qanday qilib olish mumkin
.png)
Ijobiy qarordan keying kredit shartnomasini imzolang
.png)
Kredit mablag'laridan foydalaning va maqsadingizga erishing
Asosiy shartlar
Kredit maqsadi | Meva-sabzavotchilikda yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, xizmat ko‘rsatish va eksport jarayonlarini moliyalashtirish |
Mijoz segmenti | Fermerlar, dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tadbirkorlar |
Kredit valyutasi | So‘m (milliy valyuta) |
Kredit miqdori | - Ekin yetishtirish uchun: hosil qiymatining 50% gacha - Tayyor mahsulot xaridi uchun: ehtiyojga qarab |
Kredit muddati | 12 oygacha |
Imtiyozli davr | 6 oygacha (loyihaning qoplama muddatiga ko‘ra) |
Yillik foiz stavkasi | 14% (o‘zgarmas stavka, foizlar har kuni hisoblanadi) |
To‘lov usuli | Annuitet yoki differensial |
Asosiy qarz va foiz to‘lovi | - Asosiy qarz: imtiyozli davrdan keyin, grafik asosida - Foiz: grafik asosida to‘lanadi |
Kreditlash usuli | Revolver ko‘rinishida ochiq liniya orqali |
Kredit ta’minoti | Kamida 125% (bank aloqador shaxslar uchun 130%), shundan kamida 100% – likvidli mulk |
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan asosiy talablar
Faoliyat muddati | Tashkil topganiga kamida 12 oy bo‘lishi |
Pul tushumlari | So‘nggi 6 oyda doimiy tushumlar mavjud bo‘lishi yoki soliq organidan 12 oylik faoliyat haqida ma’lumotnoma taqdim etilishi |
Kredit tarixi | Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi |
Kredit yuklamasi | 100% dan yuqori bo‘lmasligi kerak |
Kredit yuklamasi yuqori bo‘lsa | 2 tadan oshmagan yuridik shaxs kafilligi olinadi. Har bir kafil kredit summasining kamida 125% uchun javobgar bo‘ladi |
Moliyaviy natija | F2 hisobot bo‘yicha zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi |
Aylanma mablag‘ holati | O‘z mablag‘lari manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi |
Ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik | Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi |
2-sonli kartoteka | Qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi |
Sud holati | my.sud.uz tizimida javobgar sifatida ochiq da’vo arizalari mavjud bo‘lmasligi |
Kerakli hujjatlar
1. Ariza | Kredit olish bo‘yicha rasmiy murojaat |
2. Biznes reja | Kredit maqsadiga mos, asoslantirilgan reja |
3. Ta’sis hujjatlari | Guvohnoma, Ustav (Nizom), o‘zgartirishlar bilan birga |
4. Ta’sischilar qarori | Kredit olish bo‘yicha yig‘ilish bayonnomasi (agar kerak bo‘lsa) |
5. Faoliyat litsenziyalari | Agar qonunchilikda talab qilinsa |
6. Yerga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar | Yer ijarasi shartnomasi yoki mulk huquqi bo‘yicha davlat reyestri ko‘chirmasi |
7. Tuman hokimligining ma’lumotnomasi | Sabzavot ekinlarini joylashtirish bo‘yicha, E-imzo bilan tasdiqlangan |
8. Qishloq xo‘jaligi bo‘limining hosildorlik haqida ma’lumotnomasi | Tuproq bonitet balli asosidagi normativ hosildorlik (sentner/gektar) |
Maslahat kerakmi?
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.