“Tomorqa biznesi” mikrokrediti
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun maxsus mikrokredit
Miqdori
300 mln so'm
Yillik foiz stavkasi
20%
Muddati
12 oy
Mikrokredit kimlar uchun mo‘ljallangan?
📢 Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun imtiyozli mikrokredit!
💼 Yillik daromadi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan mikrofirmalar va 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan kichik korxonalaruchun 300 million so‘mgacha kredit olish imkoniyati mavjud.
📌 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish orqali biznesingizni mustahkamlang va yangi bozorga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
Mikrokreditning maqsadi: | Pomidor, quritilgan pomidor, ko‘katlar va bulg‘or qalampiri mahsulotlari yetishtirish uchun. |
Mijoz segmenti: | Yuridik shaxs maqomiga ega va ega bo‘lmasdan faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlari. |
Mikrokredit miqdori: | 300 000 000 so‘m |
Mikrokredit valyutasi: | Milliy valyuta (So‘m) |
Mikrokredit muddati: | 12 oy |
Minimal kredit foiz stavkasi: | Yillik 20% |
Mikrokreditning imtiyozli davri: | 4 oy |
Foiz hisoblash: | Foizlar o‘zgarmas foiz stavkada har kuni hisoblanib boriladi, belgilangan to‘lov jadvali (grafik) asosida so‘ndiriladi. |
Asosiy qarz va foiz to‘lovlarini to‘lash usuli: | Differensial |
1. | O‘zbekiston Respublikasining Yangiyo‘l, Bulung‘ur, Sirdaryo, Asaka tumanlari va Yangiyo‘l shahrida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi; |
2. | Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi; |
3. | Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (2-son shakl) oxirgi hisobot davri (yillik yoki choraklik) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan faoliyat yuritayotgan va yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno); |
4. | O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi (Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan faoliyat yuritayotgan va yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno); |
5. | 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi; |
6. | Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorligi bo‘lmasligi; |
7. | “Biznesni rivojlantirish banki” ATB ga aloqador bo‘lmasligi, bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) ishtirokidagi (ta’sischiligidagi) yoki rahbarligidagi korxonalarga hamda yuqoridagi shaxslar ishtirokidagi (rahbarligidagi) korxonalar kafilligi ostida, garovga qo‘yuvchi shaxs sifatida kredit ajratish ta’qiqlanadi). |
Ariza; | |
2. | Tadbirkorlik guvohnomasi; |
3. | Kredit hisobiga sotib olinayotgan tovarlar yuzasidan shartnomalar yoki import shartnomalar (kredit mablag’ining mijoz hisobraqamiga o‘tkazib beriladigan qismiga talab etilmaydi) |
4. | Ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (Yuridik shaxsni tashkil etmagan holda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari va xususiy korxonalar bundan mustasno); |
5. | Korxonaning (tegishli Davlat soliq xizmati organiga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar Davlat soliq xizmati organi ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollarda, Yuridik shaxsni tashkil etmagan holda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari va yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari bundan mustasno); |
6. | Loyihani amalga oshiradigan joyning (o‘ziga tegishli yoki ijara shartnomasi ) hujjatlar; |
7. | Ta’minot hujjatlari (Ta’minot turiga ko‘ra). |
Onlayn arizani qoldiring
Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!
Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi. Mutaxassislarimiz tez orada siz bilan bog'lanib, tafsilotlarni aniqlaydi.