Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

"Chorvachilikni rivojlantirish" krediti

Kichik biznes va fermer xo‘jaliklari uchun ideal moliyaviy yechim!

Miqdori

milliy valyutada 1 mln yevro ekv.gacha

Foiz stavkasi

17%

Muddati

120 oygacha

Kreditlash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar

  1. Atrof-muhitni himoya qiluvchi texnologiyalarni joriy etish yo'nalishida

  • Chiqindi gazlarni kamaytirish, iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan, ekologik xavfsiz va samarali texnologiyalarni tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlovchi loyihalarga ajratiladi.

  • Kimlar uchun?

    • Fermerlar;

    • Kichik va o‘rta biznes egalari;

    • Chorvachilik sohasida faoliyat yurituvchilar (sutni qayta ishlash zavodlari, ozuqa ishlab chiqaruvchi korxonalar).

  1. Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'nalishi

  • Kichik biznes va oilaviy korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarga ajratiladi.

  • Kimlar uchun?

    • Dehqonlar;

    • Oilaviy korxonalar;

    • Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi kooperativlar.

Asosiy shartlar

Mijoz (Segment): Tadbirkorlik subyektlari
Mahsulot maqsadi: Chorvachilik bilan bog‘liq barcha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish.
Valyuta: Milliy valyuta (so‘m).
Miqdori: 1 mln. yevro ekvivalentigacha.

Muddati:

  • Investitsiya loyihalari uchun – 120 oygacha.

  • Aylanma mablag‘lar uchun – 18 oygacha.

Kredit foiz stavkasi: 17% (resurs foizi-14%)

Imtiyozli davri:

  • Investitsiya loyihalari uchun – 36 oygacha.

  • Aylanma mablag‘lar uchun – 9 oygacha.

Kredit ajratish hududi: O‘zbekistonning barcha hududlari (Toshkent shahri bundan mustasno).


Qo’yiladigan talablar

  1. Hududiy cheklovlar:

    • Faqat O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida (Toshkent shahri mustasno) faoliyat yurituvchi mijozlar.

  2. Moliyaviy ko‘rsatkichlar:

    • Kredit yuklamasi 100%dan oshmasligi.

    • So‘nggi hisobot davri uchun moliyaviy natijalar zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi.

    • Aylanma mablag‘larning salbiy ko‘rsatkichda emasligi.

    • Mavjud kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud emasligi.

  3. Kafillik talablari (zarurat tug‘ilganda):

    • Kafillikni taqdim etuvchi korxonalar soni 2 tadan oshmasligi.

    • Har bir kafil korxona kredit summasining kamida 125% miqdorida kafillik berishi.

    • Kafil korxonalar va qarz oluvchining birgalikdagi kredit yuklamasi 100%dan oshmasligi.

  4. Tijorat banklari bilan munosabatlar:

    • Kredit olish jarayonida muddati o‘tgan qarzdorliklar yoki “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifasidagi kreditlar bo‘lmasligi.

    • Kredit maqsadli ishlatilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarning mavjudligi.

  5. Ijro va sud ishlari:

    • Majburiy Ijro Byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘lmasligi.

    • Mijozning sud jarayonlari davomida kredit qoldiqlari bo‘lmasligi.

Kerakli hujjatlar

  1. Mijozning umumiy hujjatlari:

    • Tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjatlar.

    • Mijozning faoliyat turi va moliyaviy holatini ko‘rsatuvchi hujjatlar.

  2. Moliyaviy hujjatlar:

    • Oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-son shakl).

    • Aylanma mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobot.

    • Soliq va moliyaviy hisobotlar.

  3. Kredit ta’minoti bo‘yicha hujjatlar:

    • Kafillik xati (agar kafillik zarur bo‘lsa).

    • Kafillar korxonalari tomonidan taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar.

  4. Kredit maqsadini tasdiqlovchi hujjatlar:

    • Loyiha hujjatlari (chorvachilik loyihasi uchun rejalar, texnik iqtisodiy asoslash hujjatlari).

    • Sotib olinadigan asbob-uskunalar, texnika yoki boshqa obyektlar uchun shartnomalar.

    • Zarurat tug‘ilganda import shartnomalari va bojxona hujjatlari.

  5. Qarz oluvchining boshqa tijorat banklari bilan aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlar:

    • Kredit to‘lov intizomini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

    • Banklar o‘rtasidagi kreditlar bo‘yicha hisobot.

  6. Qo‘shimcha talablar:

    • Sug‘urta hujjatlari (zarurat tug‘ilganda).

    • Kreditga oid boshqa hujjatlar (bank talablariga muvofiq).

Qo‘shimcha shartlar

  1. Kredit mablag‘lari quyidagicha taqsimlanadi:

Shartnoma summasining 70%tabiatga zarar yetkazmaydigan investitsiyalar uchun ajratiladi.

  • Parrandachilik;

  • Baliqchilik;

  • Asalarichilik;

  • Sutni qayta ishlash;

  • Yemni qayta ishlash;

  • Veterinariya va boshqalar;

Shartnoma summasining 30%tabiatga foydali bo‘lmagan (noiqlim) investitsiyalar, ya’ni chorva mollari sotib olish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yo‘naltiriladi.

  1. Agar sub-loyiha ta’sischisi yoki rahbari:

  • Ayol kishi yoki

  • 25 yoshgacha bo'lgan (ya'ni 25 yoshga kirmаgan) shaxslarga grant miqdori 40% gacha oshiriladi.

Qanday qilib olish mumkin

Bankning oʻzingizga yaqin ofisini tanlang va hujjatlarni taqdim eting

Tanlang

Ijobiy qarordan keying kredit shartnomasini imzolang

Kredit mablag'laridan foydalaning va maqsadingizga erishing

Tez-tez So‘raladigan Savollar (FAQ)

1. Kredit qanday maqsadlarda foydalanilishi mumkin?

Kredit chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish, shu jumladan kavsh qaytaruvchi hayvonlar, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, yilqichilik, quyonchilik, va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash hamda saralash loyihalari uchun foydalaniladi.

2. Kimlar kredit olish uchun murojaat qilishi mumkin?

Kredit tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari, kichik va o‘rta bizneslar, oilaviy korxonalar hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlari uchun mo‘ljallangan.

3. Kredit qancha muddatga beriladi?

  • Investitsiya loyihalari uchun: 120 oygacha.

  • Aylanma mablag‘lar uchun: 18 oygacha.

4. Kreditning maksimal miqdori

1 mln yevro ekv.gacha

5. Kredit olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Bankning o'zingizga yaqin ofisiga murojaat qiling.

Maslahat kerakmi?

Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.

Ma'lumotlar muvaffaqiyatli yuborildi, siz bilan tez orada bog'lanamiz.
Xatolik yuz berdi, uzr soʻraymiz, keyinroq qayta urinib koʻring.
Shaklni to‘ldirish bilan ma'lumot uzatish shartlariga rozilik beraman. Bank va uning hamkorlari taqdim etadigan mahsulot va xizmatlar haqida ma'lumot olishga tayyorman.

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.