Biznes uchun avtokredit
Bizning avtokredit bilan biznesingizda yangi imkoniyatlarga yo‘l oching!


Kredit miqdori
5 mlrd. so'm ekvivalentigacha

Foiz stavkasi
14%-26,5%

Kredit muddati
48 oygacha
Tadbirkorlik subyektlariga birlamchi bozordan yengil avtomobillar sotib olish uchun.

Qanday qilib olish mumkin
.png)
Ijobiy qarordan keying kredit shartnomasini imzolang
.png)
Kredit mablag'laridan foydalaning va maqsadingizga erishing
Asosiy ma'lumotlar
Kredit maqsadi — birlamchi bozordan yengil avtomobillar sotib olish uchun (Ishlab chiqarilganiga 12 oydan ko‘p bo‘lmagan yengil avtomobillar).
Valyuta — milliy valyuta (So‘m), xorijiy valyuta (AQSh dollari, Yevro, Rubl, Yuan).
Bunda, ushbu mahsulot bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga faqat milliy valyutada kredit ajratiladi.
Kredit miqdori — 5 mlrd. so'm ekvivalentigacha biroq bir turdagi yengil avtomobil soni 5 tadan ko‘p bo‘lmagan bo‘lishi lozim.
Boshlang‘ich to‘lov —yengil avtomobil(lar) shartnoma qiymatining mijoz tomonidan kredit ajratilguncha to‘lanadigan qismi
Kredit muddati:
Muddati | Benzin/dizelda yuradigan avtomobillar uchun: | |
Kamida 20% boshlang‘ich to‘lovda | 24 oygacha | |
Kamida 30% boshlang‘ich to‘lovda | 48 oygacha | |
Elektromobillar va gibrid avtomobillar uchun: | ||
Kamida 30% boshlang‘ich to‘lovda | 18 oygacha | |
Kamida 40% boshlang‘ich to‘lovda | 36 oygacha |
Imtiyozli davr:
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan | Boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan | |||
6 oygacha | jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan |
Yillik foiz stavkasi:
Foiz stavkasining minimal miqdori | Bank o‘z mablag‘i va boshqa manbalar hisobidan | |
Milliy valyuta (so‘m)da: 1 yilgacha – 25,5 %; 1 yildan yuqori – 26,5 %; | Xorijiy valyutada: 1 yilgacha – 14 %; 1 yildan yuqori – 15 %. | |
Kredit liniyalar hisobidan | ||
Milliy valyuta (so‘m)da – Resurs xarajati + 6 %; | Xorijiy valyutada – Resurs xarajati + 5 % |
Asosiy talablar
Ustav fondi belgilangan muddatda ta’sischilar tomonidan to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi;
Qarz oluvchi kredit yuklamasi 100% dan ko‘p bo‘lmasligi;
Agarda qarz oluvchi kredit yuklamasi 100% dan ko‘p bo‘lsa, kredit ta’minoti sifatida yuridik shaxs kafilligi olinishi mumkin. Ushbu holatda kafil korxonaga qo‘yiladigan talablar:
-kafil korxonalar soni 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
-qarz oluvchi va kafil korxona(lar)ning birgalikdagi kredit yuklamasi 100% dan ko‘p bo‘lmasligi lozim;
-kafillik summasi so‘ralayotgan kreditning 125% dan kam bo‘lmasligi lozim (agarda kafillar soni 2 ta bo‘lsa, har bir kafil korxona kredit summasining 125% ga kafillik taqdim etadi);
Oxirgi hisobot davri uchun Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi (Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;
O‘zaro aloqador korxonalarining “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
KATM ma’lumotnomasiga asosan qarz oluvchining barcha tijorat banklari hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
Kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida:
30 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 15 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
180 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari umuman bo‘lmasligi;
Mavjud kredit qarzdorliklari bo‘yicha oxirgi 2 yil ichida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari umuman bo‘lmasligi;
Qarz oluvchining Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi;
Mijozning sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari № Ko‘rsatkich Qiymati / tavsifi hisob varaqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi;
Qarz oluvchining mahsulot yetkazib beruvchi bilan imzolagan kredit mablag‘lari yo‘nalishi uchun taqdim etgan va boshqa shartnomalari bo‘yicha “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (YeEISVO) tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim.
Import shartnomasi bo‘yicha to‘lov turi hamda import shartnomasini ekspertizadan o‘tkazish Bank kredit siyosatida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim.
Kerakli hujjatlar
Ariza;
Biznes reja;
Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (Xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
Qarz oluvchi korxona(yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) ning davlat soliq xizmati organiga elektron shaklda taqdim etgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar Davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlar bazasidan elektron shaklda olingan hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab etilmaydi);
Yengil avtomobil sotib olish uchun dilerlar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (Shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida yengil avtomobilning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri ko‘rsatilishi lozim). Bunda, kredit hisobiga import shartnomasi asosida sotib olinadigan avtotransport bahosi va sifati asoslanganligi to‘g‘risida mustaqil konsalting tashkilotining ijobiy xulosasi va kredit hisobiga sotib olinadigan avtotransport bo‘yicha kamida 3 ta tashkilot tomonidan taqdim etilgan so‘nggi ikki oylik holatiga tijorat takliflari;
Yengil avtomobil chet elda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, yuk bojxona deklaratsiya hujjatlari;
Import shartnomasi ekspertizadan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xulosa (Bank Kredit siyosatida belgilangan talablarga asosan);
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.
Maslahat kerakmi?
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.